Shveysariyaning Syurix shahrida yashovchi 68 yoshli ayol qo‘shnisining mushugini muntazam ravishda ovqatlantirgani uchun sudga berildi. Bu haqda Swissinfo xabar berdi.

Sud materiallariga ko‘ra, pensioner ayol 10 oy davomida Leo laqabli mushukni ovqatlantirgan va uni o‘z kvartirasiga kiritgan. Ayol hatto uy hayvonining qonuniy egasi yozma ravishda hayvonni oziqlantirishni to‘xtatishni talab qilganda ham shunday qilishda davom etgan.
Shuningdek, ayol mushuk uning uyiga bemalol kirib-chiqishi uchun eshikni maxsus tarzda o‘zgartirgan. Natijada uy hayvoni o‘z uyiga qaytmay qo‘ygan.
Syurix prokuraturasi ayolga 3600 shveysariya franki (taxminan 4300 AQSH dollari) miqdorida jarima va qo‘shimcha 800 franklik to‘lov tayinlashni talab qilgan. Ayol bu qarorga rozi bo‘lmagach, ish sudga oshirilgan. Shveysariya qonunlariga ko‘ra, o‘z uyida birovning uy hayvonini muntazam ravishda boqish mulkni noqonuniy o‘zlashtirish sifatida qaralishi mumkin. Ammo qo‘shni mushukni vaqti-vaqti bilan ovqatlantirishi mumkin.
Izoh (0)