Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Ma’lum qilinishicha, 3—4-may kunlari havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 3—4-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni kunduzi harorat 29-31 daraja bo‘lsa, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)