• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Qashshoqlik, kamsitilish va singan qalb: barcha davrlarning eng yaxshi komik aktyori Lui de Fyunes hayotidagi fojialar haqida

    Lui de Fyunes buyuk aktyor sanalsa-da, juda g‘alati odam bo‘lgan. G‘alatiligiga sabab, u ekranda qanday bo‘lsa, hayotda ham shundayligicha qolgan.

    Fransuzlar aktyorning kelib chiqishi ispan ekaniga mutlaqo e’tibor bermay, uni millat faxri deb bilishgan. Jizzaki, janjalkash, kekchi bu kichkina odam suratga olish maydonchasida u yoqdan bu yoqqa yurar, oldidan chiqqan har bir kishini bir og‘iz achchiq so‘z bilan chertib olishga urinardi. Shu bilan birga, u hammaga aftini bujmaytiradigan boladek doim yuzini burishtirardi. Ha, bu inson buyuk aktyor Lui de Fyunes edi — orkestr-odam, komissar Jyuv, jandarm va boshqa yorqin komedik obrazlarini ko‘rgan tomoshabin yuziga har safar kulgi yuguradi.

    Foto: Legion Media

    Lui de Fyunes 1914-yil 31-iyulda Fransiyaning kichik Kurbevua shahrida tug‘ilgan. Bolaligidayoq kattalarni shunday ustalik bilan parodiya qilardiki, hamma hayratda qolardi.

    Ammo u mashhurlikka osonlikcha erishmagan. Yaltiroq ko‘zli, yuz ifodasi juda harakatchan, tepakal pakana odam shaxsiy fojialari oralab ezgu maqsad sari qadam tashlardi.

    Ulardan biri uning otasi bilan bog‘liq bo‘lib, u hamma pullarni olib, Venesuelaga qochib ketgan va o‘limini soxtalashtiradi. U yerda ota eski oilasini butunlay unutib, qaytadan turmush quradi. Lui otasining bu qilmishidan darrov xabar topmagan, lekin qashshoqlik va yo‘qchilik taqdiri uning boshiga tushgani kundek ravshan edi.

    Foto: Legion Media

    U boshdan kechirgan voqea ta’sirida bo‘lsa kerak, buyuk aktyor nihoyatda ziqna va tejamkor bo‘lib qoladi. Hattoki ba’zida bozorda sotuvchi bilan soatlab savdolashib, uni jazavaga tushirishgacha olib borardi.

    Uning tejamkorligi hamda xo‘jayinlik fe’l-atvori oilani qo‘rquvda ushlab turar, uning roziligisiz qilingan har qanday xarid katta janjal bilan tugardi. Biroq har Yangi yil bayramida Lui de Fyunes gonorarlarini mehribonlik uyidagi bolalarga sovg‘a uchun sarflardi. Uning noaniq fe’li va injiqligi, aftidan, har doim shaxsiy ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lgan. Buyuk komediyachi jahon kinematografiyasida yulduzlik cho‘qqisiga ko‘tarilgunga qadar juda ko‘p  kasblarda ishlagan.

    Temirchi, vitrinalarni bezovchi, poyabzal tozalovchi — qanday ish bo‘lmasin Luidan tezroq qutulishga harakat qilishardi. Chunki  u yoki bu lavozimda qisqa muddat ishlaganidan keyin hamisha, mubolag‘a qilib aytganda, butkul vayronagarchilik yuz berardi. Lui xayrlasha turib biror shumlik yoki sho‘xlik qilib ketishi aniq edi.

    Foto: Legion Media

    Onasi tufayli u pianino chalishni o‘rganib oladi. Restoranda pianinochi bo‘lib ishlaydi, bu ancha serdaromad kasb edi. Lekin odamlar bu yerga Lui de Fyunesning mohirona chalgan kuyi uchun to‘planishmasdi. Klavishlarni bosa turib Lui beixtiyor shunday aftini burishtirardiki, yig‘ilganlar beixtiyor miriqib kulardi. O‘zining xatti-harakati bilan u hatto o‘z to‘yini buzilishiga ham sabab bo‘lgan.

    Kelinning qarindoshlari kuyovning masxarabozligidan norozi bo‘lishadi. Birinchi nikohi uzoq davom etmaydi, ikkinchi rafiqasi Jan Bartolomey de Mopassan (mashhur yozuvchi Gi de Mopassanning nevarasi) bilan esa umrining so‘ngigacha baxtli yashaydi.

    40 yillik oilaviy hayot Luiga tinim va vazminlik baxsh etadi, u o‘zining shiddatli va tinib-tinchimaydigan fe’l-atvoridan bir amallab qutulish uchun doimo ana shunday xotirjamlik va ostoyishtalikka muhtoj edi. U kelishgan bo‘lmasa-da, ayollar borasida omadli edi. Uning boshqa erkaklarda bo‘lmagan o‘ziga xos jozibasi bor edi. Lui de Fyunes 55 yoshida fransuz radiosi boshlovchisi Masha Beranjeni telbalarcha sevib qoladi. Undan ikki baravar yosh otashin mallasoch qiz ham unga befarq emasdi. Bu munosabatlar haqida butun mamlakat bilar edi.

    Foto: Legion Media

    Albatta, Janna mashhur erining ishqiy sarguzashtlaridan xabardor edi. Lekin u erini juda yaxshi ko‘rar va keraksiz janjallar bilan unga ozor bermaslikka qaror qilgandi. Bu vaqtga kelib buyuk komediyachi yurak xurujini boshdan kechirgandi. Lui umrining so‘nggi kunlarigacha ikkala ayolga nisbatan his-tuyg‘ulari orasida yashaydi. Kichik, lekin buyuk odamning yana bir katta fojiasi ham, ehtimol, mana shunda bo‘lsa kerak.

    Jizzaki va badgumon Lui de Fyunes o‘zining qo‘polligi, janjalkashligi va badfe’lligiga qaramay, nozik, ta’sirchan qalb egasi bo‘lgan. Uni sevadigan ayollar buni yaxshi tushunardi. Shunday qilib, Lui de Fyunes hatto umrining so‘nggi yillarida ham ba’zi rejissyorlarning uni aktyor emas, masxaraboz deb aytgan gaplarini kechira olmagan. Qirq yoshdan oshganida ham ko‘nglida alam bilan buning aksini isbotlashga harakat qiladi.

    Foto: Legion Media

    Olamshumul mashhurlik Lui de Fyunesga kech, lekin bir umrga keldi. U o‘tgan asrning eng yaxshi komik aktyorlaridan biriga aylandi. Buyuk komik 1983-yil 23-yanvar vafot etdi. Butun Fransiya sevimli kichkinagina kulgili kishisi, odamlarni xursand qilish, ularning hayotiga yaxshilik va kulgi olib kirishdek ulkan iste’dodiga ega bo‘lgan aktyorga motam tutdi.

    Foto: Legion Media

    7 fevral, 19:18   Izoh (0)   10345
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Lui De Fyunes#fojia#komediya#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

    11.06.2020, 19:46

    Ellik yoshida mashhur bo‘lgan kichkina odam — katta aktyor Lui de Fyunes haqida qiziqarli faktlar

    06.08.2020, 18:46

    “Fantomas” yangi film va serial orqali ekranlarga qaytadi

    18.08.2022, 19:46

    Kinotavsiya: Lui de Fyunes ishtirokidagi kayfiyatni yuqori darajaga ko‘tarishi kafolatlangan 5 ta kult komediya

    11.10.2022, 11:55

    Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? 

    05.08.2023, 14:35

    Afsonaviy trilogiya — “Fantomas” qanday suratga olingan va nega Lui de Fyunes filmning davomida rol o‘ynashdan bosh tortgan? 

    23.07.2024, 13:50

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.