• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    “Zita va Gita”da bosh rolni ijro etgan aktrisa Hema Malini hozirda nimalar bilan band? (foto)

    Taniqli “Zita va Gita” filmi yulduzi Hema Malini Ramanujam Chakravarti 1948-yilda Tamilnad shtatida puldor va boy aktyorlar oilasida tug‘ilgan. Onasi taniqli kino prodyuseri, hind kinematografiyasining ilk tamal toshi qo‘yilgan paytlardayoq mashhurlikka erishgan edi.

    Foto: Dzen

    Hemaning ota-onasi uning bolaligidanoq qizining yaxshi ta’lim olishi va ko‘p qirrali bo‘lishi uchun hech nimani ayamadi. Qiz vokal va xoreografiya bilan shug‘ullanib, ko‘p vaqtini klassik hind raqsini o‘rganishga bag‘ishlaydi.

    Hema Malini onasi bilan
    Foto: Dzen

    Malini 17 yoshga to‘lganida “Panda bu dunyoni tark etadi” filmida raqqosa sifatida debyut rol ijro etdi. Birinchi rol yosh aktrisaga u qadar katta shon-shuhrat keltirmagan bo‘lsa-da, raqqosalik iste’dodi darhol tomoshabin nazariga tushdi.

    Foto: Dzen

    So‘ng aktrisa 1968-yilda “Orzular sotuvchisi”, “Voris” va “Mening ismim Jonni” filmlari bilan hind kinosining asosiy yulduziga aylandi. “Zita va Gita” esa Hemani Bollivudning yuziga aylantirdi. Bu rol uchun Malini Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Foto: Dzen

    “Zita va Gita” filmi 1976-yilda ekran yuzini ko‘rdi va butun dunyodagi hind filmlari ishqibozlarining mehrini qozondi. Kartinada bolaligida ajratilgan egizak opa-singillar Gita va Zita hayoti haqida hikoya qilinadi.

    Foto: Dzen

    Dastlab Zita va Gita obrazini yaratish Bollivudning o‘sha vaqtdagi eng mashhur aktrisasi Mumtozga taklif qilingan. Biroq aktrisa kam gonorar tufayli filmda rol ijro etishni rad qilgan. Shundan so‘ng bu rol Hema Maliniga nasib qilgan. Filmda aktrisa ikki xil xarakterli obrazlarni shunchalik ishonarli tarzda o‘ynadiki, ko‘plab tomoshabinlar Zita va Gita obrazlarini bir-biriga o‘xshash ikki xil aktrisa gavdalantirgan, deb o‘ylashgan edi.

    Foto: Dzen

    Raki (Zitaning sevgilisi) rolini ijro etgan Dharmendra suratga olish vaqtida Malinini yoqtirib qoladi, ammo u 19 yoshidan Prakash Kaurga uylangan va 4 farzandli oila boshlig‘i bo‘lgan.

    Dharmendra birinchi oilasi bilan
    Foto: Bollywood Shaadis

    Tez orada Dharmendra va Malini “Qasos va qonun” (1975) filmida hamkorlik qildi va ular bir-birlari uchun yaratilganini tushundi. Malinining ota-onasi rafiqasi va 4 nafar farzandini tashlab ketishga tayyor bo‘lgan erkakka turmushga chiqishiga qat’iyan qarshi bo‘ladi va ular darhol qiziga kuyov topadi.

    Foto: Dzen

    Dharmendra qallig‘ini majburan turmushga berishayotganidan xabar topgach, Hemaning uyiga bostirib kiradi va katta janjal ko‘taradi. Shundan so‘ng Malinining nikohi bekor qilinadi. Ammo baribir ikki yulduz birga bo‘lolmadi, chunki Dharmendraning qonuniy rafiqasi ajrashishni istamas edi.

    Foto: Medium

    Natijada ular vaziyatdan chiqishning yo‘lini topdi: aktyorlar Islom dinini qabul qildi, chunki Islom aqidalariga ko‘ra bir va undan ortiq ayolga uylanish mumkin edi. Va nihoyat 1980-yilda, tanishgandan 8 yil o‘tgach Hema Dharmendraga ikkinchi xotin sifatida turmushga chiqadi. Bundan biroz avval Malinining otasi vafot etgan bo‘ladi.

    Foto: Aaj Tak

    Ushbu nikohdan Esha va Ahana ismli ikki qiz dunyoga keldi va ular ham onalari kabi raqqosalik kasbini tanladi.

    Foto: Dzen
    Foto: Koimoi

    2000-yillarning boshlarida Malini filmlarda faol rol o‘ynadi, keyin esa onasining ishini davom ettirishga qaror qildi: aktrisa  Hema Malini Creations rejissyorlik kompaniyasiga asos soldi. Bundan tashqari, aktrisa 2003-yildan beri Hindiston parlamenti deputati va hayvonlarni himoya qilish faoli sifatida ishlab kelmoqda.

    Foto: Dzen

    Hozirda 74 yoshli Hema Malini nafaqat baxtli rafiqa va ona, balki g‘amxo‘r buvi hamdir. Er-xotin birgalikda hayotlarini boshlagan besh qavatli hashamatli uyda yashaydilar. Malinining uyi shunchalik ulkanki, unda nafaqat butun kutubxona va raqs uchun zal, balki shaxsiy ibodatxona ham bor.

    Foto: Timeline Daily
    Foto: Timeline Daily
    30.12.2024, 09:10   Izoh (0)   37677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Film sabab Alla Pugachyova bilan munosabatlari yomonlashgan, 20 yoshli qizidan ayrilgan, “taqdir hazillari”ga duchor bo‘lgan polshalik aktrisa — Barbara Brilska ha...

    29.12.2024, 18:55

    2024-yilda ota-onalik baxtiga erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.12.2024, 17:55

    Xorvatiyaning “sigir sog‘a oladigan diplomati”. Hashamatdan voz kechib, milliy qahramonga aylangan sobiq prezident — Kolinda Grabar-Kitarovich haqida

    29.12.2024, 16:20

    “Qish sonatasi” 22 yoshda: Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    29.12.2024, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.