• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Film sabab Alla Pugachyova bilan munosabatlari yomonlashgan, 20 yoshli qizidan ayrilgan, “taqdir hazillari”ga duchor bo‘lgan polshalik aktrisa — Barbara Brilska haqida

    Polshalik aktrisa Barbara Brilska tomoshabinlarning sevimli aktrisasiga aylanib ulgurgani ayni haqiqat. Hozirda aktrisa 80 yoshni qarshilagan: uning hayoti yorqin, unutilmas voqealarga boy bo‘lgan, ammo shunga qaramay, umidsizlik va yo‘qotishlarsiz kechmagan.

    Foto: Cosmopolitan

    Aktrisa Barbara Brilska hali ham juda jozibali. Uning 15 yoshida birinchi rolini ijro etganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. O‘shanda rejissyor Antoni Boxdzevich uni “Baxt kovushlari” kartinasiga taklif qildi. Shundan keyin Barbara kinoda rol ijro etishni orzu qila boshladi va oxir-oqibat aktrisa bo‘ldi. U 1965-yilda 24 yoshida “Fir’avn” filmidagi roli bilan vatani Polshada mashhurlikka erishdi.

    Omadsiz birinchi nikoh

    Mashhurligi orqasidan ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan bir paytda Barbara turmush qurishga qaror qildi. Aktrisa 20 yoshida matematik Yan Borovets bilan oila qurdi. Ammo bu nikoh baxtli yakun topmadi.

     Afsuski, turmush o‘rtog‘i Barbaraning ijodiga umuman qiziqmasdi, uni biror marta ham qo‘llab-quvvatlamadi, kino premyeralarida yonida bo‘lmadi, umuman olganda, iloji boricha undan uzoqroq turishga intildi. Vaziyat o‘zgarmasligini tushungan Brilska 1968-yilda ajrashish uchun ariza berdi.

    Foto: “TASS”

    Xotinboz

    Birinchi nikohida omadsizlikka uchragan Barbara atrofidagi erkaklarga razm sola boshladi. O‘sha paytda, aktrisa ta’kidlaganidek, u eng yaxshisini tanlashi mumkin edi.

    Shunday qilib, uning hayotida kelishgan aktyor Yeji Zelnik paydo bo‘ldi. Juftlik chindan ham bir-biriga juda mos edi. Shunday ekaniga qaramay, ularning sevgi hikoyasi qisqa bo‘ldi.

    Bu Barbaraning hayotida bu eng tez nikoh va ajralish edi. Yeji barcha ayollarga yuragidan joy beruvchi xotinboz bo‘lib chiqdi. Oilali bo‘lishiga qaramay, bunday hayotdan voz kechishni xohlamadi. Tabiiyki, aktrisa bunday munosabatga toqat qilolmasdi va erini tark etdi. Ushbu nikoh bir yilga ham bormadi.

    Foto: Cosmopolitan

    Bir umrlik sevgi

    1969-yilda “Oq bo‘rilar” filmining suratga olish jarayonida Barbara yana ishqiy munosabatlarga kirishib ketdi. Bu safar yugoslaviyalik aktyor Slobodan Dmitriyevich uning ayollik jozibasi oldida taslim bo‘ldi. Aktrisa haligacha uni hayotidagi chinakam sevgi deb ataydi. Haqiqatan ham agar aktyorning onasi er-xotinning ishlariga aralashmaganida, bu baxtli yakunlangan nikoh bo‘lishi mumkin edi.

    Ona o‘g‘lining yaxshigina davlatga ega bo‘lgan boy kelinga uylantirishini orzu qilgan va u bu munosabatlarni buzish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi. Slobodanning onasi eng oddiy (ammo qabihona) yo‘ldan bordi: u Barbaradan kelgan xatlarni yashira boshladi va o‘g‘liga yengiltabiat aktrisa uni allaqachon unutib yuborganligini qayta-qayta aytishdan charchamadi. Va nihoyat sevishganlar o‘rtasidagi munosabatlar buzildi. Oradan vaqt o‘tgach, Dmitriyevich yangi oila qurdi, bu esa Brilskaning chuqur depressiyaga tushishiga sabab bo‘ldi.

    Foto: “TASS”

    “Taqdir hazili”

    Ko‘pchilikda bo‘lganidek, aktrisa qalb yaralarini mehnat bilan davoladi, alamini ishidan oldi. 1972-yilda ochiq sahnalarga boy bo‘lgan “Sevgi anatomiyasi” filmi ekran yuziga chiqdi, Barbara ushbu filmdagi rolga qo‘rqmasdan rozi bo‘ldi. Film namoyishidan so‘ng tanqidchilar aktrisa karyerasining qulashini taxmin qila boshladi. Ammo ular adashgan edi — ayni shu paytda Eldar Ryazanov aktrisaning iste’dodiga e’tibor qaratdi va unga “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmidagi bosh rolni taklif qildi. Hatto Barbaraning polyakcha talaffuzi ham rejissyorni bu qaroridan to‘xtata olmadi.

    Brilskaning o‘ziga ham ziyoli rus tili o‘qituvchisi rolini o‘ynash g‘oyasi juda yoqdi. 1975-yilda film ekranlarga chiqishi bilan Brilska mashhur bo‘lib ketdi. Mazkur filmdagi roli uchun aktrisa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi, ammo yuqori doiralarda u bunga loyiq emasligi haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Bu ham yetmagandek, filmda Alla Pugachyova ovozi bilan qo‘shiq kuylagan Barbaraning xonanda bilan munosabatlari yomonlashdi. O‘tgan xafagarchiliklarni unutish va do‘stlashish uchun ikkisiga ham yillar kerak bo‘ldi.

    So‘nggi urinish

    70-yillarning boshlarida Barbara yana sevib qoldi va ko‘p o‘tmay turmushga chiqdi. Uning bu safargi tanlagani ginekolog Lyudvig Kosmal edi. Bu nikoh 18 yil davom etdi, lekin Brilskaga ikki farzand va cheksiz og‘riqdan boshqa hech narsa bermadi.

    1973-yilda aktrisa qizli bo‘ldi, unga Barbara (erkalatib — Basya) deb ism qo‘ydi. To‘qqiz yildan so‘ng u kutilmaganda yana homilador bo‘ldi. Shunday qilib, 1982-yilda o‘g‘li tug‘ildi, uni otasining ismi bilan Lyudvig deb atashdi.

    Aynan bolalari uchun ham Barbara erining xiyonatiga ko‘z yumdi, uni tashlab ketmadi. Bu vaqtga kelib bir paytlar uni ruhiy tushkunlikdan olib chiqqan, muvaffaqiyatlaridan faxrlangan odamdan asar ham qolmagandi. Lyudvig hasadgo‘y, qo‘pol, shafqatsiz bo‘lib qoldi. 

    “U menga noloyiq edi. U butun kuchim va sevgimdan foydalandi, pul haqida-ku aytmasa ham bo‘laveradi. U bir oyda topgan pulni men bir kunda topardim. Bundan tashqari, u ichardi va hali ham ichadi”, deb tan oladi Brilska.

    Kosmalning o‘zi esa mashhur xotini haqida shunday deydi: “Men xotinimdan nafratlanaman, chunki uni o‘zim yurgan boshqa ayollar bilan har gal solishtiraman va u har doim yutib chiqadi”.

    Nihoyat aktrisa bu holatga chiday olmadi: 18 yillik turmushidan keyin erini tashlab ketdi, bunday munosabatlarga loyiq emasligini tushunib yetdi.

    Foto: “TASS”

    Endi qanday yashayman?

    Barbaraning hayotidagi mudhish fojia 1993-yil 15-mayda sodir bo‘ldi. O‘shanda uning 20 yoshli qizi Basya avtohalokat tufayli vafot etdi — u onasi singari intiluvchan, juda iste’dodli aktrisa va model edi.

    O‘sha kuni Basya yigiti Saveliy Julavskiy bilan mashinada ketayotgan bo‘lgan. Yigit mashina boshqaruvini yo‘qotib, jiddiy baxtsiz hodisaning aybdoriga aylandi. Saveli omon qoldi, ammo Basya tez yordam kelguniga qadar voqea joyida vafot etdi ... 

    “Uning haydovchilik guvohnomasini olganiga endigina olti oy bo‘lgandi. Bu fojia uning aybi bilan sodir bo‘ldi. Saveliy menga mashina atrofida qanday yugurgani va “Basya, o‘lma!” deb baqirganini aytib berdi. O‘shanda qizim ko‘zini ikki marta ochib yumgan, shundan so‘ng qaytib ochmagan”, deb eslaydi aktrisa bu haqda gapirishga o‘zida kuch topa olgan vaqtda.

    1993-yil 15-maydan so‘ng Barbaraning hayoti ikkiga bo‘lindi: avval va keyin. Holat shu darajaga borib yetdiki, hatto u o‘z joniga qasd qilmoqchi ham bo‘ldi, ammo o‘g‘li tufayli bunga jur’at eta olmadi. O‘g‘li unga bu dunyoda mavjud bo‘lishiga yordam berdi: faqat shu yolg‘izgina farzandi uchungina Brilska ertalab turishga va har bir yangi kunni yashashga o‘zida kuch topa oldi.

    Uch yil davomida u deyarli uyidan chiqmadi, hech kimni ko‘rishni xohlamadi, faqat tinmay yig‘ladi. 16 yil o‘tgachgina nihoyat o‘ziga keldi va hayotdan zavqlana boshladi. Hozirda aktrisaning ikki nafar ajoyib nabirasi bor.

    Bir haftadan ortiq vaqtni rejalashtirmang

    Bugungi kunda aktrisa Polshada — o‘zi dizayni ustida ishlagan uyida yashaydi. O‘g‘li ham oilasi bilan unga yaqin joyda, lekin uni Barbara o‘zi istaganidek tez-tez ko‘rolmaydi. Brilskaning ta’kidlashicha, qizi vafotidan keyin u hozirgi kun bilan yashashga va bir haftadan ortiq vaqtga reja tuzmaslikka harakat qiladi. Shuningdek, aktrisa 100 yoshga kirib vafot etgan onasi kabi uzoq umr ko‘rishni xohlamaydi. Bu 2018-yilda sodir bo‘lgandi: o‘shanda aktrisaning sobiq eri va bolalarining otasi Lyudvig Kosmal ham vafot etgandi.

    “Men yashashni xohlamayman, kuchim yetmaydi. Men har doim juda hayotsevar bo‘lganman. Hozir ham nimadir qilishni xohlayman, lekin bunga quvvatim yo‘q. Yuz yilgacha yashaydigan aktyorlar bor, lekin men buni xohlamayman. Bundan tushkunlikka tushmayman ham”, deydi aktrisa.
    29.12.2024, 18:55   Izoh (0)   18974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sovet kinosi#Barbara Brilska

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistonga borish avval ham xavfli bo‘lgan. “Avloniy” filmi haqida

    19.12.2019, 18:27

    “Qarg‘alar uchsa qaraylik”. “Ilhaq” filmidan nima kutgandim-u, nima oldim?

    10.05.2020, 16:30

    Sharqqa Sharqdan qaragan film. Uzoq kutilgan “Ibrat”ning yutuq va kamchiliklari haqida

    02.10.2020, 12:16

    “Lirik bo‘lmagan komediya”. “Omadli jentlmenlar” filmi haqida

    13.12.2020, 15:13

    “Oy ostidagi hovli”dan “Hayrat”gacha. Rejissor Zulfiqor Musoqovning ko‘pchilikka noma’lum dramatik filmlari haqida

    04.09.2021, 15:33

    “Va’z o‘qishni bas qiling! Undan ko‘ra yomg‘ir ovozini jimgina tinglash qiziqroq!”. Akira Kurosava filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    03.01.2022, 16:11

    “Cheburashka” yana ekranlarga qaytdi, ammo butunlay boshqa sujet bilan — endi Gena timsoh emas

    10.01.2023, 19:38

    Yerga sochilgan 6 tonna apelsin: “Cheburashka” filmi qanday suratga olingan?

    13.01.2023, 20:47

    Mashhur obrazlari uchun kam haq to‘langan sovet aktyorlari  

    12.02.2023, 15:23

    “Kavkaz asirasi” filmidagi Nikulin tovonini qashlagan epizod qanday suratga olingan? (video)

    28.01.2024, 15:39

    “Maysa ustidagi nonushta”, “Yovvoyi sayyora”, “Haqiqiy qayg‘u” — hayot haqida o‘ylashga majbur qiladigan falsafiy multfilmlar

    12.08.2024, 12:56

    Butun mamlakatga dong‘i ketgan sovet filmlaridagi mashhur binolar (foto)

    29.10.2024, 11:55

    SSSR kinoprokatining mutlaq yetakchisi “Yeseniya” filmining bosh qahramoni  50 yildan so‘ng qanday ko‘rinishda? 

    06.11.2024, 21:25

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.