• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sahna orti sirlari: 2024-yilning shov-shuvli film va seriallari aslida qanday yaratilgan?

    Kino, seriallar yaratish doimo murakkab va mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Biroq ba’zida rejissyorlar jamoa oldiga shunchalik mushkul vazifalarni qo‘yadiki, hatto tajribali mutaxassislar ham beixtiyor dovdirab qoladi. Bu yil ekranlarga chiqqan shov-shuvli film va seriallarning suratga olish maydonchalarida nima bo‘lgani haqida so‘zlab beramiz.

    “Substansiya” filmini suratga olishda Demi Mur vizajistni vahimaga solib qo‘yadi

    Filmdagi eng dahshatli sahnalardan birini suratga olish uchun Demi Mur aktrisaning umidsizlikka tushib pardoz-andozini o‘chirish epizodini 10 yoki 11 marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi. Rejissyorni aynan shu raqamda to‘xtashga grimchi Stefani Guilon majbur qiladi. Stefani aktrisa roliga berilib ketib, tasodifan o‘ziga zarar yetkazishidan xavotirda edi.

    Guilon imkon qadar yumshoq kosmetik vositalardan foydalanishga harakat qilgan bo‘lsa-da, Demi Mur pardozini artib tashlagach, dahshatga tushadi. U rejissyorga suratga olishni zudlik bilan to‘xtatish zarurligini, aks holda aktrisaning yuzi qizarib, toshma toshishi mumkinligini aytadi.

    Obraz yaratishga mas’ul bo‘lgan Per-Olivye Persen Demi Murni ba’zi sahnalar uchun 6 soatgacha grim qilishga to‘g‘ri kelganini aytadi. Film yaratuvchilari qahramonning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘lishi va ma’lum bir paytda uning tanasining yarmi sezilarli darajada qari ko‘rinishi kerak, degan qarorga kelishadi.

    Aynan shu obraz sinchkovlik bilan va uzoq vaqt davomida yaratiladi, chunki tananing qarigan qismlari hajmliroq ko‘rinishi va ekranda sezilarli darajada ajralib turishi mumkin edi. Aktrisa grim qilinayotgan paytda qimirlamay, barcha jarayonlarga matonat bilan chidaydi.

    Ariana Grande “Yovuz: G‘arb jodugari haqidagi ertak” filmida qoshlarini oqartirishga majbur bo‘ladi

    Ariana Grande ijro etgan Glinda obrazini yaratishda film ijodkorlari Greys Kelli uslubidan ilhom olishgan. Ariana bu rolni shunchalik xohlardiki, hech ikkilanmay soch va qoshlarini oqartirishga rozi bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, aktrisa baribir yasama soch taqishga va qoshlarini har 10 kunda qayta bo‘yashga majbur bo‘ladi. Xayriyatki, Ariananing sochlari bu muolajalardan zararlanmaydi.

    Ketrin O‘Xara tasodifan “Bitljus Bitljus” filmidagi bir nechta sahnalarni buzib qo‘yadi

    Justin Teru —Lidiyaning yigitini o‘ynagan aktyor u sababli ko‘plab kadrlar buzilganini tan oladi. Chunki u Ketrin O‘Xaraning qahramonini kulgili tarzda tasvirlashini ko‘rib, har safar o‘zini kulgidan to‘xtatolmagan, shuning uchun sahnani qayta-qayta suratga olishga to‘g‘ri kelardi. Biroq o‘zi ham doim Jenna Ortegani kuldirardi.

    Bitljusning sobiq rafiqasi Deloresning tanasini bo‘laklarga ajratib tiklash sahnasi, albatta, kompyuter grafikasi yordamida osonroq tasvirlanishi mumkin edi, lekin Tim Byorton boshqa yo‘lni tanlaydi. Monika Belluchchi tanasining turli qismlari tiklanishini ishonarli tasvirlash uchun murakkab xoreografiyani o‘rganishiga to‘g‘ri keladi.

    “Gladiator 2” kostyumlarini chamadonlarda olib kelishga to‘g‘ri keladi

    Liboslar bo‘yicha dizaynerlar Janti Yeyts va Deyv Krossman film uchun taxminan 2 mingta zirh yaratishadi. Ular bilan birga ishlaydigan ustalar Yangi Zelandiya, Vengriya va Angliyadan bo‘lib, barcha kostyumlar suratga olishdan bir necha kun oldin Marokashga yetkazilishi lozim bo‘ladi.

    Bu katta ish bo‘lib, Yeyts va Krossman transport bilan bog‘liq masalalarni hal qilishlari kerak edi. Krossmanning aytishicha, ilgari hech qachon yordamchilarini samolyotga zirhlar bilan to‘ldirilgan 10-12 ta chamadon bilan jo‘natishga majbur bo‘lmagan.

    Ouen Tig “Maymunlar sayyorasi: Yangi qirollik” filmida suratga tushishdan oldin maxsus maktabga borgan

    Aktyor Ouen Tig yosh shimpanze Noye rolini ishonarli o‘ynash uchun bir necha kun maymunlar qo‘riqxonasida bo‘ladi, keyin esa filmda ishtirok etgan boshqa aktyorlar bilan maxsus “Maymunlar maktabi”ga boradi.

    Noye obrazi harakatni ushlab qolish texnologiyasi yordamida yaratilgan, ya’ni Ouen suratga olish maydonchasida shimpanze sifatida harakatlanishi kerak edi. Rekvizitorlar Tigning to‘rt oyoqda harakatlana olishi uchun qo‘l protezlarini uzaytiradilar. Bu sharoitga ko‘nikish uchun Ouen har kuni kechqurun protez taqib, uydan chiqib, to‘rt oyoqlab aylanib yurar va bu bilan qo‘shnilarni hayratga solardi.

    “Furios: telba Maks solnomasi” filmidagi grim Xemsfortni g‘azabini qo‘zg‘aydi

    Kris Hemsvort grim jarayoni uning uchun haqiqiy azob bo‘lganini tan oladi. Grimchilar burun yopishtirishi uchun aktyor taxminan 4 soat chidashi kerak edi. Qizig‘i shundaki, aynan shu narsa Krisga Dementus roliga yaxshiroq moslashishga yordam beradi. Hemsvort suratga olish maydoniga chiqqan paytda u shu qadar darg‘azab ediki, qaroqchilarning telba yo‘lboshchisi rolini osongina o‘ynardi.

    Anya Teylor-Joy ham ko‘p vaqtini grim kursisida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Suratga olishdan oldin aktrisa sochini kalga oldirmoqchi bo‘lgan, ammo rejissyor buni taqiqlagan. Gap shundaki, uning qahramoni Furiosa obrazi film davomida tez o‘zgaradi va Anya sochlarini o‘stirishga ulgurmaydi. Shuning uchun aktrisaga sochi qirilgan parik yasaladi.

    Ostin Batler “Dyuna: Ikkinchi qism” filmini suratga olish paytida qoshlarini saqlab qoladi

    Tarmoqda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Ostin Batler Feyd-Rauta Xarkonnen roli uchun qosh va sochlarini qirdirmagan. Uning “Dyuna”dan keyingi loyihasi byudjeti cheklangan “Baykerlar” filmi edi. Shunday qilib, Batlerga nafaqat sochini, balki qoshlarini ham berkitib turadigan qoplama tayyorlashadi.

    29.12.2024, 13:50   Izoh (0)   8280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Juliyetta rolini ijro etgan aktrisa Oliviya Hassi ko‘krak saratonidan vafot etdi

    29.12.2024, 11:55

    Gollivudni fermadagi hayotga alishgan: “Uyda yolg‘iz” filmidagi Marvin — Deniyel Stern hozirda qanday ko‘rinishda?

    29.12.2024, 10:55

    “I operatsiyasi”da Shurik qo‘lida ko‘tarib yurgan qizaloq taqdiri qanday kechdi?

    28.12.2024, 19:40

    Britaniya merosxo‘rlariga qo‘yilgan taqiqlar: shahzoda Jorj va Lui, malika Sharlottaga qilish mumkin va mumkin bo‘lmagan ishlar

    28.12.2024, 17:52

    Oddiy odamlar fikriga ko‘ra 2024-yilda dunyoning eng go‘zal ayollari reytingi e’lon qilindi

    28.12.2024, 12:56

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.