31-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlar Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida boʻlib o‘tdi. Unda quyidagi xorijiy davlatlar yetakchilari qatnashdi:
Xitoy raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Joʻmart Toʻqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻg‘on, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux.
Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etdi. Oʻzbekiston prezidenti va rafiqasini Xitoy raisi Si Szinpin va rafiqasi samimiy kutib oldi.
Shundan so‘ng xorijiy yetakchilarga Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan SHHT sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi
Ularni Xitoy raisi Si Szinpin va rafiqasi kutib oldi. Xorijiy yetakchilarga konsert dasturi namoyish etildi
1 daqiqa o‘qish754 ko‘rishlar0 izoh3
Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.








