• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Qashqadaryoda ishdan olingan YPX xodimi Po‘lat Bobojonovga murojaat yo‘lladi. U nohaq ishdan bo‘shatilganini aytmoqda

    “Daryo”ga sobiq IIB xodimi, to‘g‘rirog‘i YPXda faoliyat yuritgan fuqarodan murojaat kelib tushdi. U murojaatida ishdan nohaq bo‘shatilganini, Qashqadaryo IIB masʼullarining noqonuniy harakatlaridan norozi ekanini maʼlum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    2023-yil 7-may kuni fuqaro Rahmonqulovning murojaati asosida Qarshi shahar prokuratusi tomonidan menga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Eng qizig‘i mening xatti-harakatimdan norozi bo‘lib yozilgan ariza bilan tanishtirilmadim, arizachi bilan yuzlashtirilmadim. 2023-yil 19-iyun hech qanday jinoyat alomati yo‘qligi, Rahmonqulovning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor eksperiment qidiruv tadbirida biror bir jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi. Viloyat IIB mas’ullari menga nisbatan xizmat tekshiruvini amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga zid ravishda 10 kunlik muddatda emas ikki oy davom ettirdi, deydi sobiq IIO xodimi, katta serjant Bunyod Xaliyev.

    Sobiq IIB xodimining aytishicha, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi prokuratura qarori chiqqanidan so‘ng, viloyat IIB masʼullaridan biri, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Z.Xo‘janov uni xizmat xonasiga chaqirib, o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozishini so‘ragan.

    Men ariza yozmasligimni aytdim. Shunda u menga ariza yozmasam ham navbatdan tashqari attestatsiyaga qo‘yib, tizimdan yo‘qotishini bildirdi. Va xonasidan chiqarib yubordi. Oradan bir yarim oy vaqt o‘tib navbatdan tashqari attestatsiyaga qo‘yilganim uchun sinov imtihonlarini topshirdim. Barcha sinovlardan yaxshi o‘tganim uchun menga egallab turgan lavozimiga loyiq degan xulosa berildi. Shundan keyin men xizmatimni davom ettirdim, deydi sobiq YPX xodimi.

    Ishdan bo‘shatilganini aytgan fuqaroning maʼlumot berishicha, 2023-yilning 28-dekabr kuni unga qo‘ng‘iroq qilgan Toshmurodova ismli fuqaro dabdurustdan bir ish yuzasidan undan 100 dollar olganini aytib, qaytarib berishini so‘ragan.

    Fuqaro menga telefon qilib unga avtoavariyada avtomashinasiga yetkazilgan moddiy zararni mutaxassis bilan gaplashib yuqori narxlatib berish uchun olingan 100 dollar pulni qaytarishimni so‘radi. Men unga hech qachon bu haqda gaplashmaganimizni 2023-yil 13-noyabr kundagi sud qarorida o‘zi huquqbuzar deb topilganini eslatdim. Agar isboti bo‘lsa, viloyat IIBning oldiga kelishini, men uni kutib turishimni aytdim. U esa kelmadi. Shundan so‘ng men tungi xizmatga jalb qilindim. Kechki payt 21:00 larda menga mayor U.Mahmudov telefon qilib, tezda Qashqadaryo viloyat IIBga yetib borishim kerakligini aytdi. Borganimda hali tasdig‘ini topmagan murojaat uchun menga xuddi jinoyatchidek muomala qilishib, tushuntirish xati olish davomida oxirgi telefon muloqotimni eshittirishdi. “Pul olmagan bo‘lsang, nega chaqirasan”, deyishdi. Men ularga o‘zimning aybsizligimni boshliqlarim oldida isbotlash uchun deb javob berdim. Shundan so‘ng menga ketishim mumkinligini aytishdi. 2024-yilning 3-yanvar kuni esa viloyat IIB boshlig‘ining №1-sonli buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘yicha jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi muhandisi lavozimidan katta serjant unvoni bilan bo‘shatishdi, deydi u.

    Bunyod Xaliyevning tushuntirish berishicha, mazkur buyruq chiqarilishiga 2024-yil 3-yanvar kunidagi xizmat tekshiruv xulosasi asos bo‘lgan ekan.

    2024-yil 3-yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Z.Xo‘janov o‘z xonasiga chaqirtirib menga xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini va xizmat tekshiruvi xulosasi bilan intizomiy jazo sifatida ishdan bo‘shatilganimni aytdi. Xizmat tekshiruvi xulosasini oldimga qo‘yib, tanishishimni so‘radi. Shunda men undan xizmat tekshiruvi nega mening ishtirokimsiz o‘tkazilganini so‘radim. U menga eʼtirozing bo‘lsa, oxiriga yozgin dedi. Men intizomli xodim bo‘lganim uchun uning topshirig‘ini bajarib tanishdim, lekin eʼtirozim borligini ham yozdim. Aslida mening ishdan bo‘shatilishimga Xo‘janovning o‘zi bosh-qosh bo‘ldi. U tasdig‘ini topmagan murojaat uchun fuqaro bilan nosamimiy munosabatga kirishgansan deb 17 yillik tajribamni hisobga olmay ishdan oldirdi. Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv davomida xizmat tekshiruvida barcha vajlarni xolis va haqqoniy o‘rganib chiqib, fuqarolardan tushuntirish xatlari olgandi. Haqqoniy va xolis tekshiruv o‘tkazilgani uchun adolatli qaror qabul qilingandi. Viloyat IIB mening qaramog‘imda ikki nafar voyaga yetmagan farzandim va turmush o‘rtog‘im, nafaqadagi onam borligini, ularning taʼminoti mening zimmamda ekaniga eʼtibor qaratishmadi. Shu sabab OAV orqali chiqish qilib, menga nisbatan o‘tkazilgan noxolis xizmat tekshiruvi xulosasi bekor qilinishini shaxsan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovdan iltimos qilaman. Holatni nazoratga olishlarini, 17 yillik ish stajimni kuydirmasliklarini so‘rayman, deydi sobiq xodim.

    Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob qaytarar ekan, Bunyod Xaliyevning ishdan olinishiga yetarli darajada sabab bo‘lganini, hech bir xodim sababsiz ishdan bo‘shatilmasligini maʼlum qildi. Biroq, xodimning aynan nima sababdan ishdan olinganini ochiqlay olmasliklarini qo‘shimcha qildi.

    20.11.2024, 18:20   Izoh (0)   35142
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #YPX#murojaat#IIB#Qashqadaryo

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi yaxmalak yo‘lda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    13.01.2020, 19:04

    Qashqadaryoda tergovchi jarima maydoni qorovuliga bosim o‘tkazib, tanishining mashinasini noqonuniy olib chiqishga urindi

    07.05.2020, 12:43

    Qarshida klaster kompaniyasi tuman hokimligi bilan sudlashmoqda

    23.05.2020, 06:31

    Dehqonobodda mahalla kotibi boshqaruvidagi “UAZ” 10-15 metr balandlikdan quladi

    29.06.2020, 16:42

    Qashqadaryoda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan fuqaro ushlandi

    11.09.2020, 06:54

    Shahrisabzda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun tuman YHXB boshlig‘iga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

    06.10.2020, 23:44

    Foto: 2020-yilda o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortgan yil voqealari aks etgan suratlar

    03.01.2021, 09:34

    Samarqandda YPX xodimlariga pora berishga uringan haydovchilar qo‘lga olindi

    02.02.2021, 06:54

    Qashqadaryoda YPX xodimlariga kuniga 20 ta bayonnoma tuzish majburiyati yuklangani aytilmoqda

    10.01.2022, 14:12

    Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIB qonunni buzgan — Antimonopoliya qo‘mitasi Qashqadaryoda to‘xtatib qolingan chigit haqida

    08.02.2022, 10:03

    Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora tariqasida bergan 100 dollar pulini yutib yubordi

    20.04.2022, 09:05

    “Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar”. Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’uli YPX inspektorlarini insofga chaqirdi

    05.07.2022, 11:10

    Xorazmda IIB xodimlari fuqaroga kuch ishlatgani, oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda

    13.08.2022, 07:00

    Instagram: Operatsiyani boshdan kechirgan Ra’no Shodiyeva, Imrondan xafa bo‘lgan Durdona Qurbonova, Dildora Niyozova xonadonida to‘y, xayriya bilan shug‘ullanayotg...

    08.09.2022, 22:20

    Qashqadaryoda jarima maydonchasiga qo‘yilgan Nexia bir necha soatdan keyin yonib ketdi

    19.09.2022, 09:23

    Instagram: Hijobga kirgan Muqaddas Sa’dullayeva, Ozoda Nursaidova uchun prank uyushtirgan “GAI” xodimlari, Alisher Uzoqovning blogerlarga e’tirozi

    14.10.2022, 22:45

    Samarqandda fuqarodan jarima maydonchasidagi mashinasini chiqarib berish evaziga 1600 dollar olgan shaxs ushlandi

    22.10.2022, 15:23

    Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

    02.01.2023, 20:15

    Toshkentda maklerlar uy talashib janjallashdi

    05.01.2023, 23:34

    Toshkentda YPX xodimi 2 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi (video) 

    06.04.2023, 22:20

    Buxoroda fuqaro YPX xodimlari bilan janjallashib, ularni haqorat qildi (video)

    02.05.2023, 17:17

    “GAI”dan haydalgan xodim Po‘lat Bobojonovga shikoyat qildi (video)

    12.05.2023, 15:08

    Qashqadaryoda yana 2 nafar bloger 5 sutkadan qamaldi. Ular mayda bezorilikda ayblangan

    29.05.2023, 23:51

    Samarqandda yo‘lovchi ayol 71 yoshli otaxonning mashinasini olib qochdi

    11.07.2023, 18:12

    “1,5 mingdan ziyod mahallada kriminogen vaziyat murakkabligicha qolmoqda” — Po‘lat Bobojonov

    15.09.2023, 10:37

    Xorazmda YPX xodimidan yo‘lovchilari bilan birga qochgan Lacetti haydovchisi qo‘lga olindi

    14.05.2024, 11:10

    Instagram: YPX xodimlariga atab qo‘shiq kuylagan Dilfuza Ismoilova, “Tangalik bolalar”dagi Zokir topildi, Jahongir Otajonov ayol xonandalarga murojaat yo‘lladi

    15.08.2024, 11:53

    “Daryo” dayjesti: 12-sentyabrning eng muhim xabarlari

    12.09.2024, 22:45

    Toshkentdan olib qochilgan Equinox “Qamchiq” dovonida ushlandi 

    25.09.2024, 23:45

    “Qamchiq”da to‘xtatilgan avtomashina salonidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topildi

    03.10.2024, 19:15

    Namanganda haydovchi 9 o‘rinli avtomashinada 25 nafardan ortiq bolani olib ketayotgani aniqlandi

    03.10.2024, 21:10

    Ikki hududda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi 

    11.10.2024, 19:40

    Gulnora Karimova tufayli o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, to‘yiga 1 mln dollar sarflangan, o‘g‘il farzand kutayotgan Munisa Rizayeva 38 yoshda (foto, video)

    22.10.2024, 23:17

    Toshkentda YPX inspektorlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuvli holat yuzasidan munosabat bildirildi

    31.10.2024, 12:10

    Prezidentning Navoiyga tashrifi, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan Markaziy bank, Parlamentga saylangan deputatlar ro‘yxati: 31-oktyabrning eng muhim xabarlar...

    31.10.2024, 22:49

    Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi (video)

    05.11.2024, 15:15

    “Chinor” YPX maskanida pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk avtomobili to‘xtatildi

    10.11.2024, 20:31

    Surxondaryoda Cobalt’da 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi

    13.11.2024, 11:28

    Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi

    14.11.2024, 14:50

    Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib ushlangan shaxslar, Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori, faollik darajasi III chorakda oshgan

    14.11.2024, 22:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.