Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari Sh. Dauletiyarov olib borgan. Unda Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” MCHJ bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.
Izoh (0)