Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda Ilhom Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda Parlament matbuot xizmati xabar berdi.
2020-yilning oktabrida Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi. Unga qadar transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Avvalgi transport vaziri Elyor G‘aniyev 2020-yilning avgustida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan, shundan buyon ushbu lavozim vakantligicha qolgandi.
Izoh (0)