• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ta’minot zanjiri mahsulot yetkazib berish vaqtini qisqartiradi, xarajatlarni kamaytiradi”. AQSHda ishlayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat

    Salixov Sohibxon AQSHdagi hamyurtimiz. U tahsilni Toshkentda olib, keyinchalik Amerikada davom ettirgan. Jahonning yirik korxonalarida amaliyot olib borib, hozirda zamonaviy kasbning egasi. Suhbat davomida Sohibxon o‘zining qiziqarli va ilhomlantiruvchi hayot yo‘li hamda bilim va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy arxivi

    — Sohibxon, o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot bering.

    — Asli Toshkentdanman. Bakalavriatni Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi Wales universitetida tamomlaganman. So‘ngra kasbiy faoliyatimni “Uzsanoatexport” va O‘zbekistondagi yangi hamda muhim investitsion loyihalar doirasida, Peugeot Citroen va Volkswagen kabi global brendlar ostida faoliyat yurituvchi korxonalarda davom ettirdim. O‘zbekiston uchun dolzarb loyihalarda ishtirok etib, sohamda o‘sish uchun ishonch hosil qildim.

    O‘rganishga qiziqishim sabab Wisconsin—Madison universitetining MBA dasturida ta’minot zanjirini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldim. Bu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarimni yanada chuqurlashtirdim. AQSHda tahsil olish davomida ko‘plab foydali bilimlar orttirib, kasbiy yuksalish imkoniyatlarimni kengaytirdim.
    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy galereyasi

    — O‘z sohangiz haqida sodda tushuntirish bersangiz. Ta’minot zanjirini boshqarishni nima uchun tanladingiz?..

    — Ta’minot zanjirini oddiy o‘zbekcha misolda tushuntirsam: faraz qiling, siz mehmon kutyapsiz. Mehmonlar soniga qarab bozorlik qilish, muzlatgichning sig‘imini hisobga olish, kutilmagan mehmonlar kelishi ehtimolini nazarda tutish va shu omillarni inobatga olib reja tuzishni ta’minot zanjiri deb atash mumkin.

    Yuqoridagi misolda ta’minot zanjirining ahamiyati qanchalik muhim bo‘lsa, korporativ va mamlakat darajasida ham uning o‘rni shunchalik katta. Korxona doirasida ta’minot zanjiri samaradorligi mahsulot yetkazib berish vaqtini qisqartiradi, xarajatlarni kamaytiradi va mijozlar ehtiyojlarini qondirishni yaxshilaydi. Natijada, bu korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi, bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga, mijozlarning ishonchini orttirishga xizmat qiladi va bu orqali sotuv hajmi oshib, korxona nufuzi yuksaladi.

    Logistika sohasida mahsulotlarning o‘z vaqtida va kerakli joyga yetib borishini ta’minlaydi, transport tizimining samaradorligini oshiradi. Harbiy sohada esa, qurollar, oziq-ovqat, tibbiy anjomlar va boshqa zarur resurslarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlab, milliy xavfsizlikni mustahkamlaydi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, ammo qisqacha aytganda, bu soha har tomonlama zarur.
    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy galereyasi

    — Mehnat faoliyatingiz haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tsangiz, qanday to‘siqlar va sinovlarga duch kelgansiz?

    — Ish faoliyatim 2015-yilda “Uzsanoatexport” korxonasida global ta’minot tizimidan boshlandi, keyinchalik avtomobil sohasida Peugeot Citroen va Volkswagen brendlariga ulangan. “Uzsanoatexport”da asosiy vazifam mahsulotni ta’minotchilar korxonalaridan xorijdagi hamkorlarga taktik masalalarni hal qilgan holda yetkazib berish bo‘lgan bo‘lsa, “Volkswagen”da faoliyatimda mahalliy bozorga ko‘proq e’tibor qaratdim va bu yerda innovatsiyaga ko‘proq vaqt ajratish imkoniga ega bo‘ldim.

    Shaxsiy sinovlar haqida aytsam, o‘zga madaniyat va ish etikasi menga eng katta ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri bo‘ldi. Har bir millatning o‘ziga xos muomala madaniyati bor va jamoaga tez moslashish uchun bu jihatni o‘z vaqtida anglash zarur. Menda bu jarayon nisbatan oson kechdi, chunki avvalgi ish joylarim va o‘quv yurtlarimda ko‘plab chet elliklar bilan muloqotda bo‘lganman.
    Kasbiy faoliyatim davomida duch kelgan eng og‘ir to‘siqlar bilan bir qatorda, eng ilhomlantiruvchi voqealar sifatida Volkswagen’dagi pandemiya davrida erishgan yutuqlarimni alohida ta’kidlashni lozim deb bilaman. Ayniqsa, pandemiya davrida bir nechta strategik loyihalarga rahbarlik qilib, bir vaqtning o‘zida ko‘plab jamoalarning faoliyatini samarali tashkil etish tajribasi mening professional rivojlanishimda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.
    Ushbu davrdagi eng muhim tashabbuslarimdan biri Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tez yordam transport vositalarini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘ldi. Pandemiyaning og‘ir sharoitlarida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun avtoparkni yangilash loyihasiga rahbarlik qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi nafaqat mening professional faoliyatim uchun, balki mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham ulkan yutuq bo‘ldi. Volkswagen Caddy rusumidagi 1000 dona avtomobilni sog‘liqni saqlash tizimiga bosqichma-bosqich jalb qilish mamlakat aholisi uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
    Loyiha davomida yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi, tez yordam uskunalarini ta’minlashdagi qiyinchiliklar va logistik to‘siqlar kabi turli murakkabliklarni jamoam bilan birga yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, loyiha o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyat nafaqat mening shaxsiy yutug‘im, balki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va xalqimiz uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy galereyasi

    — Nega tanlovingiz aynan AQSH bo‘lgan?

    — AQSH ta’minot zanjirini boshqarish sohasida yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, bu yerda malaka orttirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Avvalo, o‘qish haqida gapiradigan bo‘lsak, Wisconsin–Madison universiteti ta’minot zanjirini boshqarish bo‘yicha AQSHda yetakchi o‘nlikka kiradi.

    Professional rivojlanish nuqtai nazaridan qaraganda ham, pandemiyadan so‘ng AQSHda bu soha yangi cho‘qqiga ko‘tarildi. Davlat tomonidan bu yo‘nalishga asosiy e’tibor qaratilib, korxonalar ko‘plab yangi qiziqarli tashabbuslarni amalga oshirdi. Ushbu jarayonni kuzatib turib, imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildim. Bundan tashqari, AQSHda soha bo‘yicha yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni jadallashtirilgan tatbiq etish, zamonaviy infratuzilma va kuchli iqtisodiy baza ta’minot zanjirining global yetakchiga aylanishiga yordam beradi.

    7 yillik tajribadan keyin yangi qadamni qo‘yish vaqti kelganini angladim va shundan so‘ng yo‘nalishim bo‘yicha MBA dasturiga hujjat topshirdim. AQSHdagi MBA dasturiga kirishda malaka juda muhim o‘rin tutadi, grant olishda esa yanada ahamiyatli.

    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy galereyasi

    — O‘zbekistonda ta’minot zanjiri sohasida qanday tendensiyalarni kuzatyapsiz va ular dunyoda kechayotgan jarayonlardan qanchalik farq qiladi?

    —O‘zbekistonda ta’minot zanjiri sohasida bir qancha tendensiyalarni kuzatishimiz mumkin. Birinchidan, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishda yirik xalqaro korxonalar sezilarli hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, qandolatchilik, qurilish materiallari va boshqa sanoat sohalarida ham mahalliy ishlab chiqarish kengaymoqda.

    Ikkinchidan, elektron tijorat ham jadallashtirilmoqda. Elektron tijoratning shakllanishi bilan birga, eshikdan eshikka yetkazib berish tizimi rivojlanmoqda. Bir qator korxonalar tez va ishonchli yetkazib berish xizmatlarini taklif qilmoqdalar, bu esa mijozlar uchun qulaylik yaratib, ularning ehtiyojlarini tez va sifatli qondirishga imkon beradi.

    Aslini olganda, O‘zbekistonda ta’minot zanjiri sohasidagi jarayonlar dunyodagi tendensiyalardan jiddiy farq qilmaydi, deb hisoblayman. Ammo avtomatlashtirish va texnologik jihatdan o‘sish uchun hali keng imkoniyatlar mavjud.

    Foto: Salixov Sohibxonning shaxsiy galereyasi

    —Ta’minot zanjirini boshqarishda eng sezilarli qiyinchiliklar nimada deb hisoblaysiz?

    — Bu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun asosiy muammolardan biri — bozordagi noaniqlik va uzluksiz o‘zgarib turishidir. Globalizatsiya va logistika bilan bog‘liq muammolar ham doim dolzarb bo‘lib kelgan. Shaxsan o‘zim avtomobil sohasida ishlagan paytlarimda bu kabi vaziyatlarni tez-tez uchratganman. Masalan, ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan holat — yarimo‘tkazgich tanqisligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    Bundan tashqari, texnologik o‘zgarishlar, yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq muammolar, moliyaviy cheklovlar, malakali ishchi kuchi yetishmasligi va ta’minotdagi turli xavflar ham ish jarayonini qiyinlashtiradi. Ushbu muammolarni yengib o‘tish uchun korxonalar zamonaviy texnologiyalarni joriy etishlari, samarali boshqaruv tizimlarini yaratishlari va xavflarni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishlari zarur.

    — Sohangizda mutaxassis sifatida muvaffaqiyatga erishishda qaysi omillar asosiy ahamiyatga ega?

    — Avvalo, sohada yuz berayotgan eng so‘nggi texnologiyalar va tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatib borish. Chunki innovatsion yechimlarni o‘z vaqtida qabul qilish va ulardan natijali foydalanish nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki raqobatda bir qadam oldinda bo‘lishga yordam beradi.

    Muvaffaqiyatga erishishda dolzarb bo‘lgan jihat — muammolarni tezkor hal qilish qobiliyati va moslashuvchanlikdir. Mutaxassis bozordagi o‘zgarishlarga tezkor javob berishga va kutilmagan vaziyatlarga moslashishga tayyor bo‘lishi lozim. Bu sifatlar turli sharoitlarda maqsadli strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirishda dolzarb ahamiyatga ega.

    Komila Qalandarova suhbatlashdi
    9-sentyabr 2024-yil

    09.09.2024, 17:10   Izoh (0)   21043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston qurol-yarog‘ ishlab chiqarishi, sotishi kerak”. Siyosatshunos bilan harbiy sanoat haqida suhbat

    05.09.2024, 20:57

    Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv yakunlanish arafasida — AQSH rasmiylari  

    05.09.2024, 21:11

    AQSH 2 soat ichida Rossiya va Xitoyning barcha yadroviy uchirish maydonchasini yo‘q qilishi mumkin — tadqiqot

    06.09.2024, 11:15

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    09.09.2024, 16:26

    O‘zbekistonda uchta vazirlikning qariyb 400 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi 

    09.09.2024, 15:54

    Toshkent Shimoliy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi 

    09.09.2024, 15:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.