• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston dengizdan uzoq bo‘lsa-da, qo‘shnilar bilan yaxshi hamkorlik rivojlanishga yordam beradi” — Yevroittifoq komissari Yanush Voysexovskiy

    5–6-sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq–ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forum o‘tkazilmoqda. Forumda 32 ta rivojlanayotgan davlat hukumatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar qatnashmoqda. Tadbir doirasida “Daryo” muxbiri Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy bilan suhbatlashdi.

    Yanush Voysexovskiy
    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Janob Yanush Voysexovskiy, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining bugungi holati to‘g‘risida qanday fikrdasiz?

    O‘zbekiston aholisi soni tez o‘sib borayotgan mamlakat. Bunday demografik o‘sishni butun dunyo davlatlari ham boshidan kechirmoqda. Mazkur vaziyatda ko‘payishda davom etayotgan aholining oziq–ovqat xavfsizligini taʼminlash muammosi yuzaga keladi. Bu borada O‘zbekistonning oziq–ovqat ishlab chiqarishni oshirishdagi yechimlari, xavfsizlikni taʼminlashdagi harakatlari butun jahon uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin.

    Mamlakat irrigatsiya sohasida va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishga suv yetkazish bo‘yicha yutuqlarga erishmoqda. Chunki ko‘rib turibmizki, irrigatsiyasiz qishloq xo‘jaligi faoliyati rivojlanishiga imkon bo‘lmaydi. Ko‘pgina hududlarda sug‘orishsiz dehqonchilik bilan shug‘ullanish mumkin emas. Bu Yevropa mamlakatlari fermer va oziq–ovqat ishlab chiqaruvchilari uchun ham juda qiziqarli tajriba. Chunki bugungi kunda qurg‘oqchilik eng katta muammolardan biri va unga sabab iqlim o‘zgarishidir. Borgan sari fermerlar qug‘oqchilikdan aziyat chekmoqda.

    Menimcha, suvni boshqarishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini suv bilan taʼminlash borasida hamkorlik qilish hamda tajriba almashish lozim.

    O‘zbekiston dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlat, va bu muammodir. Masalaning asosiy yechimi qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish hamda erkin savdo–sotiqni taʼminlash deb o‘ylayman. To‘siqlarsiz savdo juda yaxshi natijalar beradi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda ko‘p miqdordagi suv isrof qilinadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, aksariyat maydonlar eskicha sug‘orilishi sabab suv taqchilligi bilan bog‘liq muammo jiddiylashtirmoqda. Bu yo‘nalishni isloh qilish uchun qanday tavsiyalar bergan bo‘lardingiz?

    O‘ylashimcha, irrigatsiya sohasida sizlarning tajribangiz Yevropanikidan ham kattaroq. Irrigatsiya — bizning hamkorligimiz sohalaridan biri. Yaʼni bunda O‘zbekiston bizdan emas, biz O‘zbekistondan ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin. Albatta, irrigatsiya bu bir savol, lekin umuman olganda suvni yo‘qotishni oldini olish uchun uni boshqarishni yaxshilash juda muhim masaladir. Bu borada ham tajriba almashishimiz mumkin. Menimcha, mazkur sohadagi hamkorlikka ko‘proq eʼtibor berishimiz kerak. Yevroittifoq o‘z bilimlarini, amaliy tajribasini bo‘lishishga tayyor. Misol uchun, universitet va tadqiqotchilar, shuningdek amaliyotchilar bunda muhim rol o‘ynashi mumkin.

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda? Yevroittifoq davlatlarining qaysi tajribalari mamlakatga qo‘l kelishi mumkin?

    O‘zbekiston kabi ilgari SSSR davlatlari bo‘lgan Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Ruminiyada bozor tizimiga o‘tish katta masala bo‘lsa–da, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tajriba almashish qiziq. Bu balki biz o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslik uchun ham kerak. Masalan, qishloq xo‘jaligida kichik fermerlar rolini oshirish tizimini diversifikatsiya qilish zarur. Biz faqatgina yirik ishlab chiqaruvchilarga qarashimiz emas, balki oziq–ovqatni ichki bozorga yetkazayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq eʼtibor berishimiz lozim.

    Aytganimdek, O‘zbekiston — aholisi intensiv o‘sib borayotgan mamlakat. Sizlarda mahalliy ishlab chiqarilgan oziq–ovqatga talab katta va xaridor ko‘p. Biz baʼzida uzoq bozorlarga qaraymiz-u, lekin mahalliy bozorni unutamiz. Yevropa ittifoqida “Fermadan sanchqiga” degan juda ajoyib strategiya mavjud. Biz buni qishloq xo‘jaligidan xaridorgacha bo‘lgan masofani qisqartirish, fermer va mintaqaviy bozor, to‘g‘ridan–to‘g‘ri savdo munosabatini kuchaytirish bo‘yicha namuna sifatida tavsiya qilgan bo‘lardik.

    Sanoatni rivojlantirish davrida qishloq xo‘jaligining baʼzi sektorlari faoliyati ko‘rinmay qoladi va biz bu sohada ham tajribamizni bo‘lishishimiz mumkin. Qishloq xo‘jaligida yerlarni xususiylashtirish tizimi bo‘yicha O‘zbekiston bilan tajriba almashishga tayyormiz. Biz qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha hamkorlikka doim ochiqmiz.

    1962-yil Yevropa ittifoqida umumiy qishloq xo‘jaligi siyosati o‘rnatilgan. Natijada mamlakatlararo qishloq xo‘jaligi siyosatini boshqarish jarayonida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu oziq–ovqat xavfsizligini taʼminlashga, fermerlarimizni himoya qilishga yordam bergan. Umuman olganda, mazkur qaror qishloq xo‘jaligimiz rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan. Bu tajriba O‘zbekiston uchun va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga qiziqarli bo‘lishi mumkin.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    O‘zbekiston Yevroittifoq bozoriga ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazishda nimalar qilishi kerak?

    Yevropa ittifoqi O‘zbekiston bilan ochiq bozor va savdoning rivojiga juda qiziqadi. Yevroittifoq —dunyodagi eng yirik oziq–ovqat ishlab chiqaruvchisi va eksporteridir. Biz to‘siqlarsiz savdo–sotiq qilishga qiziqamiz. Albatta, bunda bir qator talablar bor, yaʼni sifat va xavfsizlikka eʼtibor beriladi.

    O‘z faoliyatim davomida O‘zbekistonga rag‘batlantirish missiyasini tashkil qilishga ulgurmagan bo‘lsam–da, bunday missiya qo‘shningiz Qozog‘istonga tashrif buyurgan. Ishonchim komilki, bu yil noyabr–dekabr oylarida o‘z ishini boshlaydigan mendan keyingi Komissar buni davom ettirishga muvaffaq bo‘ladi. Albatta, men unga O‘zbekistonga biznes jamiyati ishtirokidagi bunday missiyani tashkil etishni tavsiya qilaman. Chunki bu savdomizni ikki tomonlama oshirish uchun ajoyib imkoniyat.

    Geografik joylashuvimiz, transport cheklovi mavjud bo‘lsa–da, bilamizki barcha muammo hal qilinishi mumkin va bu hamkorlik o‘rinli. Mening keyingi Yevropa Komissariga taklifim O‘zbekistonga muhim hamkor sifatida qarash va hamkorlikni o‘stirish bo‘ladi.

    05.09.2024, 18:20   Izoh (0)   3000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti va davlat qarzi qancha? 

    07.08.2024, 18:11

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    O‘zbekistonda ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalari qo‘llab-quvvatlanadi 

    29.08.2024, 09:12

    Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi  

    03.09.2024, 22:05

    Saylovlardagi byulletenlar mutlaqo yangi shaklda tasdiqlandi

    05.09.2024, 18:00

    Veterinariya qo‘mitasi eʼlon qilgan 370 mln so‘mlik videorolik tenderini yashashga yaroqsiz joylarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan MCHJ yutib oldi

    05.09.2024, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.