O‘zbekistonda ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalari qo‘llab-quvvatlanadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga asosan shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun ikki baravar miqdorida yer solig‘ini hisoblash tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, ushbu yer uchastkalari uchun yer solig‘ini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib hisoblash tartibi o‘rnatiladi.
O‘zbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Qarorga ko‘ra, 2025—2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.
Izoh (0)