O‘rta vazn toifasida (69,9 kg gacha) sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov pound-for-pound reytingi yetakchisi amerikalik Terens Kroufordga imkoniyatni boy berganidan keyin o‘z rejalari haqida gapirdi.
“Jangdan so‘ng aytganimdek chempionlik kamarimni saqlab qolish uchun yetarlicha harakat qildim, deb o‘ylayman. Hozir Krouford bilan revanshga va kamarni qaytarib olishga yoki birinchi o‘rta vazndagi boshqa istalgan chempionga qarshi jang qilishga tayyorman.
Krouford bilan revansh o‘tkazish mening maqsadim, lekin uni bu jang qiziqtirayotganiga ishonchim komil emas. U bilan jangimiz ko‘plab savollarni qoldirdi, agar u xohlasa, jang bo‘lishiga ishonaman”, deya Madrimovning so‘zlarini keltiradi BoxingScene.
Ma’lumot uchun, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Izoh (0)