• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dillarni dillarga, ellarni ellarga bog‘laydigan ‘Sharq taronalari’ olam uzra hamisha baralla yangrasin!” — Shavkat Mirziyoyev

    Samarqandda "Sharq taronalari" musiqa festivali o‘tkazildi. Festivalning ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, mazkur san’at bayramini yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan, o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lgan barcha insonlarga, mehnatkash va olijanob Samarqand ahliga chin yurakdan minnatdorlik bildirdi.

    "Bugungi shukuhli oqshomda sizlar bilan serquyosh O‘zbekistonda, Vatanimizning bebaho gavhari bo‘lmish azim Samarqand shahrida ko‘rishib turganimdan baxtiyorman.

    Avvalambor, YUNЕSKO shafeligida o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan siz, muhtaram san’at namoyandalariga, nufuzli faxriy mehmonlarimizga, xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillariga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga chuqur minnatdorchilik izhor etaman", — dedi prezident.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev pandemiya tufayli yuzaga kelgan besh yillik tanaffusdan so‘ng o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalini san’atkorlar ham, muxlislar ham birdek sog‘inganini aytib o‘tdi.

    "Bugungi san’at bayrami barchamizni yangicha ruh va shukuh bilan o‘ziga chorlamoqda.

    Mamlakatimizda o‘n uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman garchi “Sharq taronalari” deb atalsa-da, bugungi kunda u mohiyat e’tiboriga ko‘ra, “Jahon taronalari” festivaliga aylanganiga barchamiz guvohmiz.

    Bu haqiqatni birinchi festivalda 31 ta mamlakat vakillari qatnashgan bo‘lsa, bu yil barcha qit’alardagi 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod san’atkor va olimlar ishtirok etayotgani ham tasdiqlaydi.

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan davr mobaynida Samarqandning yulduzli osmoni ostida qanchadan-qancha sehrli navolar, hayotbaxsh ohanglar yangradi. Ko‘hna Sharq bag‘rida tug‘ilgan musiqiy qadriyatlar anjumanimiz tufayli xalqaro miqyosda keng e’tibor va e’tirof qozondi. Festival o‘nlab mahoratli xonanda va sozandalarni, iste’dodli yoshlarni kashf etdi, ularning parvoziga qanot, ijodiga kuch va ilhom bag‘ishladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    "Dunyodagi jamiki xalqlar qatori o‘zbek eli ham tinchlik va osoyishtalikni yuksak qadrlaydigan, oqko‘ngil va bag‘rikeng xalqdir. Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining tub mohiyatini ham turli davlatlar bilan tinchlik va hamkorlik, do‘stona munosabatlarni rivojlantirish tamoyili tashkil etadi.

    Shu ma’noda, yurtimizda “Sharq taronalari” anjumani bilan birga, xalqaro maqom san’ati, baxshichilik san’ati, hunarmandchilik festivallari, folklor va raqs san’ati bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li”, “Lazgi” xalqaro festivallari, Toshkent xalqaro kinofestivali singari yirik madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ular, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistonning jahon ahlini tinchlik-totuvlikka, qardoshlik va ahillikka chaqiradigan ezgu da’vatidir.

    Bunday chorlov hozirgi vaqtda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki bugun ko‘z o‘ngimizda dunyoning butunlay yangi, beqaror, xavotirli geosiyosiy va geoiqtisodiy arxitekturasi shakllanmoqda. Turli mamlakatlar o‘rtasida nizo va adovatlar, qarama-qarshilik, ishonchsizlik muhiti kuchaymoqda. Jamiyatlar ichida ma’naviy tanazzul ildiz otmoqda. Notinch va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini saqlab qolish tobora mushkul bo‘lib bormoqda.

    Mana shunday murakkab vaziyatda ilohiy sarchashmalardan quvvat olib, vaqt va makon chegaralari osha gumanistik ideallarni tarannum etadigan asl san’at, musiqa va adabiyot xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur.

    Bugun biz tanlagan yo‘l kelajagimiz va taqdirimizni belgilaydi. Bu ko‘hna dunyo tinchlik va do‘stlik bilan yashnaydi, yasharadi. Insonlar, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni esa, birinchi navbatda, sizlar kabi ezgu niyatli ijodkorlar, sizlarning hamfikr va birdamligingiz, adabiy-madaniy hamkorlik mustahkamlaydi.

    Mana shu muhtasham maydonda mag‘rur hilpirab turgan bayroqlarga qarang! Qaysi mamlakat, qaysi xalq timsollarini ko‘rmaysiz bu yerda! Ular ifoda etadigan ranglar jilosi va garmoniyasi, festivalda yangraydigan kuy va qo‘shiqlar barchamizning ko‘nglimizdagi olijanob orzu-intilishlar bilan uyg‘un va hamohangdir. Shu holatning o‘zi ham insoniyatning asli va nasli bir ekanidan dalolat bermaydimi?

    Mana shunday ezgu va ulug‘ maqsadlarni o‘z hayotining mazmuni deb bilgan siz, azizlarni – yetti iqlimdan kelgan tinchlik va do‘stlik elchilarini bugun mehmondo‘st va ma’rifatli Samarqand ahli, butun O‘zbekiston xalqi bag‘rini ochib qarshi olmoqda.

    Bizning xalqimiz azal-azaldan san’atga mehr va ixlos qo‘yib yashaydi, musiqani inson ruhining ilohiy quvvati deb biladi. Buyuk Sharq mutafakkirlari musiqa ilmi va tarixi, maqom san’ati, cholg‘u sozlari haqida ajoyib asarlar yaratganlar. Biz barchamiz mana shunday o‘lmas madaniy merosning vorislarimiz. Binobarin, bu ulkan merosni birgalikda o‘rganish va keng targ‘ib etish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifadir.

    Shu ma’noda, betakror Samarqand zaminida dunyoning taniqli ilm-fan va madaniyat arboblari ishtirokida mamlakatimizning madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha kuni kecha o‘tkazilgan navbatdagi xalqaro ilmiy kongress muhim amaliy qadam bo‘ldi.

    Ushbu anjumanda mamlakatimiz madaniy-gumanitar hayotida o‘ziga xos megaloyiha bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oya va tashabbuslar, qimmatli taklif va tavsiyalar bildirilgani bizni albatta mamnun etadi.

    Ayniqsa, muqaddas musulmon dinining gumanistik mohiyatini ochib berish, islom avvalo ezgulik, tinchlik, ilm-ma’rifat va madaniyat ta’limoti ekanini yana bir bor ta’kidlash, islomofobiya ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan sa’y-harakatlar nihoyatda dolzarbdir.

    Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan, O‘zbekistonning chinakam do‘stlari bo‘lgan ushbu kongressning hurmatli a’zolariga jonajon Vatanimiz, xalqimizga ko‘rsatayotgan yuksak hurmat va e’tiborlari uchun chin qalbdan minnatdorlik bildiramiz.

    Bugungi kunda “Sharq taronalari” festivalining tarixi va an’analarini, Sharqning boy va rang-barang musiqiy madaniyatiga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadigan alohida ensiklopediya va uning virtual shakli – ko‘p tarmoqli axborot platformasini yaratishning vaqti keldi, deb hisoblayman.

    Men ushbu qomusni tayyorlashda, jahonning turli muzey va kutubxonalari, arxiv va fondlarida tarqoq holda saqlanayotgan qimmatli ma’lumotlarni to‘plash, ularning yagona bazasini yaratish va kelajak avlodlarga yetkazishdek ezgu va xayrli ishda barchangiz faol ishtirok etasiz, deb ishonaman.

    Shu bilan birga, yurtimizda shakllangan ijobiy tajribadan kelib chiqqan holda, ushbu anjumanimizning ko‘lami va jozibasini yanada oshirish maqsadida “Sharq taronalari” festivalining xalqaro Do‘stlar klubini tashkil etishni taklif qilaman.

    Ma’lumki, har bir festival davomida yangi-yangi musiqiy asarlar yaratiladi, muxlislar qalbidan joy oladigan dilbar kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi. Afsuski, mana shunday noyob taronalar ko‘pincha faqat bir anjuman doirasida yangraydi, xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilinmaydi. Shu bois, festivalimizning barcha g‘olib va sovrindorlari ishtirokida dunyo mamlakatlarining nufuzli sahnalarida katta-katta konsert dasturlarini namoyish etish taklifini bildirsam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaysizlar.

    “Sharq taronalari” festivali betakror Registon maydonida, “Yer yuzining sayqali” deb nom qozongan, asrlar bo‘yi o‘z tarovati va jahonshumul shuhratini saqlab kelayotgan afsonaviy Samarqand shahrida o‘tkazilishi albatta bejiz emas.

    Bundan ming yil avval Sharqning mashhur shoiri Abul-Fath al-Bustiy “Bu dunyo jannatining nomi erur Samarqand”, deb yozgan edi. Bu haqqoniy baho nafaqat tarixiy, balki zamonaviy Samarqand uchun ham  bag‘oyat mos va munosibdir.

    O‘tmishda qanchadan-qancha karvon yo‘llari o‘tgan, qanday buyuk tarix va madaniyat yaratgan, shaharlar sarvari Samarqand bugun yana navqiron qiyofa kasb etib, dunyo hamjamiyatiga tinchlik salomini yo‘llab turibdi.

    Festival sharofati bilan xorijdan kelgan mehmonlarimiz Samarqandni yana bir bor o‘zlari uchun kashf etar ekanlar, ne-ne shoirlar, ne-ne hofizlar kuylagan bu muazzam shaharning bugungi jamoli, ochiqko‘ngil va saxovatli xalqimizning ezgu fazilatlari ularni albatta o‘ziga maftun etadi, deb ishonamiz.

    Fursatdan foydalanib, anjuman doirasida o‘tkaziladigan “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.

    Bugungi san’at bayramini yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan, o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lgan barcha insonlarga, mehnatkash va olijanob, mehridaryo Samarqand ahliga chin yurakdan tashakkur bildiraman.

    Dillarni dillarga, ellarni ellarga bog‘laydigan “Sharq taronalari” olam uzra hamisha baralla yangrasin!

    Festivalning barcha ishtirokchilariga omad va yutuqlar yor bo‘lsin!", — deya nutqini yakunladi prezident.

    26.08.2024, 20:20   Izoh (0)   6281
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    26.08.2024, 19:19

    O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining import hajmi e’lon qilindi

    26.08.2024, 19:00

    “Bu majmua buyuk ma’naviy ustun bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

    26.08.2024, 18:50

    SSVning Navoiy viloyatidagi xususiy korxona litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilmadi

    26.08.2024, 18:30

    Sobiq turmush o‘rtoqlariga aliment to‘lamagan erkakning Cobalt avtomashinasi xatlandi

    26.08.2024, 18:10

    “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

    26.08.2024, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.