Daryo

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining import hajmi e’lon qilindi

2024-yilning o‘tgan 6 oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar importi hajmi umumiy eksport hajmining 44,5 foizini tashkil etgan

1 daqiqa o‘qish9 336 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 8 384,6 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 44,5 foizini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Foto: Google Images

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi:

  • Surxondaryo viloyatida – 87,7 %;
  • Sirdaryo viloyatida – 80,5 %;
  • Farg‘ona viloyatida – 74,6 %;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 72,2 %;
  • Qashqadaryo viloyatida – 68,9 %;
  • Namangan viloyatida – 61,2 %;
  • Buxoro viloyatida – 60,2 % ni tashkil etgan. 

Avvalroq Statistika agentligi 2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 293 411 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdo sohasi birinchi o‘rinda ekani qayd etilgan. 

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar