• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes Moda

    “Bir umr model bo‘lib ishlamoqchi emasman”. “Osiyo go‘zali” deb topilgan o‘zbekistonlik Shahrizoda Madaminova bilan suhbat (video)

    Aktrisa, model Shahrizoda Madaminova 2004-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. San’at maktabida tahsil olib, modellik faoliyatini 2020-yildan boshlagan. Shu kungacha Livan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘istonda o‘tkazilgan ko‘plab xalqaro go‘zallik tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. U Madam’s modellik agentligining asoschisi va rahbari.

    — Modelsiz, lekin aktrisalik sohasida tahsil olishingizga sabab nima?

    — Yoshligimdan aktrisa-model bo‘lishni orzu qilardim, lekin bu soha bizda unchalik rivojlanmagani sababli baribir orzumga yetisholmayman deb o‘ylardim. Shu sababli bor e’tiborimni aktrisalikka qaratib, musiqa maktabi, san’at kollejida o‘qidim, hozirda san’at sohasida universitetda tahsil olaman. Oliygohga kirganimdan so‘ng asta-sekin modellik sohasida o‘zimni sinab ko‘ra boshladim. Hozirda aktrisa sifatida klip va filmlarda kam ishtirok etyapman.

    Foto: “Daryo”

    — Modellik sohasi O‘zbekistonda u qadar rivojlanmagan. Rosti, ko‘p modellarni oddiy xalq tanimaydi. Buning sababi nimada?

    — Chunki ko‘p professional modellar ijtimoiy tarmoqlarda faol emas, menimcha, o‘zida xohish yo‘q deb o‘ylayman. O‘zbekistonda har tomonlama o‘z ishining ustasi bo‘lgan modellar ko‘p, meni ham juda ko‘pchilik taniydi deb hisoblamayman (kulib). Nigina Faxriddinova, Shahzoda Salimjonova kabi modellar bor, ularni o‘zimga ustoz deb bilaman. Karantin vaqtida Instagram orqali ularni kuzatib, havas qilardim. Hozir aloqalarimiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda gaplashib turamiz.

    Instagram

    Shahrizoda yaqin kunlarda Hindistonda o‘tkazilgan Miss Ocean World — 2024 tanlovida hakamlar qatorida bo‘lib, O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan shogirdini tanlovda qo‘llab-quvvatladi.

    — Hindistonda bo‘lib o‘tgan go‘zallik tanlovida farg‘onalik shogirdim ishtirok etdi va “Miss best smile” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Agar chet tillarini bilib, faolroq ishtirok etganda, birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lardi, albatta. Chunki juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi, bir hafta davomida doim kulib yurgani uchun shu unvonni oldi. Eng qizig‘i, meni ham birinchi xalqaro tanlovimda shu nominatsiyaga munosib ko‘rishgandi. Model bo‘lmoqchi bo‘lgan qizlarga maslahatim — til o‘rganish kerak va tanlovlar doirasidagi suhbatlarda faolroq bo‘lishlari lozim.

    Instagram

    — Sir bo‘lmasa, bitta xalqaro go‘zallik tanlovidagi muvaffaqiyatli ishtirokingiz uchun qancha daromad olasiz?

    — Qatnashgan tanlovlarim orasida hali pul mukofoti berilgani bo‘lmadi. Qimmatbaho sovg‘alar va nominatsiyalar taqdim etiladi. Dunyo bo‘yicha top-4 ta go‘zallik tanlovi bor, hozir shularga qatnashish harakatidaman, ularda o‘rin olsam, pul mukofoti bo‘lishi mumkin.

    17-18 yoshimdan beri ota-onamdan pul olmayman. O‘zimning shaxsiy bizneslarim bor, ulardan va modellikdan topayotgan daromadim o‘zimning harajatlarimni qoplash uchun bemalol yetadi. Onam uy bekasi, dadam mashinalar savdosi bilan shug‘ullanadi, oilada ikkita farzandmiz — ukam bor.

    Foto: “Daryo”

    — Eng umri qisqa faoliyat turi bu — modellik. Shu fikrga munosabatingiz qanday?

    — Albatta, o‘zim ham bir umr model bo‘lib ishlamoqchimasman. Shu sababli biznes sohasiga kirib boryapman. Farg‘onada ochiq osmon ostida kinoteatr ochdim, modellik agentligiga asos soldim, agentligimning Toshkentda ham filiali bor.

    Instagram

    — Modellik maktabini nega aynan Farg‘onada ochgansiz? Toshkentda raqobatchilar ko‘pmi?

    — Shunday, Toshkentda agentliklar ko‘p. Ham vodiylik qizlar model bo‘lishni xohlasa, qiynalmasliklari uchun. Sababi o‘zim viloyatda yashaydigan vaqtim o‘zimga ustoz topolmay qiynalganman. Qizlarni o‘qitamiz, ular modellik maktabimizda o‘qib turgan vaqtda biz orqali model bo‘lib ishlasa, 50 foiz agentlikka, 50 foiz modelning o‘ziga qoladi.

    Foto: “Daryo”

    — Model bo‘lish istagidagi qizlar talaygina. Ko‘pchiligi ishni nimadan boshlashni, qayerga murojaat qilishni bilmaydi. Modellikka qiziqqanlar uchun yo‘l-yo‘riqlar bilan bo‘lishing.

    — Avvalo, modellik agentligiga murojaat qilishlari kerak. Lekin ba’zilarning o‘qish uchun moddiy taraflama sharoiti bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham o‘rgansa bo‘ladi. O‘zim ham ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘rganib, Toshkentga kelib 2 oy malaka oshirib olganman.

    Farg‘onadagi modellik maktabimizda 5 yoshdan boshlab qizlarni qabul qilamiz. Kichkina qizlarni ham ota-onasi liboslar ko‘rgazmalariga olib borib, modellikka bersa, undan ham daromad topish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Toshkentdagi filialimizda 14 yoshdan qizlarni o‘qitamiz. Qabul qilishda ma’lum bir standartlar bormi, deb so‘rashadi. Unday emas, qizlarni bo‘yi, vazni, yuz tuzilishi va shu kabilarga qarab olmaymiz. Maktabimizda pardoz, liboslar bo‘yicha, psixologiya va raqs, aktyorlik mahoratidan dars beradigan ustozlar bor.

    Oylik to‘lovlar ikkita maktabda ham bir xil — 700 ming so‘mdan. Farg‘onada 3 oy, Toshkentda 4 oy o‘qitiladi. Bitirgandan so‘ng sertifikat beriladi.

    Qizlar doim ham professional model bo‘lish uchun o‘qimaydi, ayollik nafosatini oshirish uchun keladiganlari ham ko‘p.

    Instagram

    — O‘zbekistonda modellikdan qancha daromad topish mumkin?

    — Havaskor modellar haftasiga 2-3 marta suratga tushib bersa, 100 dollardan topishi mumkin har bir syomkasi uchun. Shunda bir haftada 200-300 dollar degani. Professional modellarga 500 dollardan boshlab haq to‘lanishi mumkin.

    — Bilamizki, modellarning tanlovda kiyadigan liboslari juda qimmat bo‘ladi. Sizning eng qimmat libosingiz va tojingiz narxi qancha?

    — Go‘zallik tanlovlarida oqshom liboslari hamkor atelye va do‘konlar tomonidan taqdim etiladi. Kiyganlarim orasida eng qimmati 1000 dollar atrofida bo‘lgan. Tojga kelsam, ular ham sovg‘a, narxini aniq bilmayman, 100 dollar bo‘lsa kerak.

    Foto: “Daryo”

    — Juda ehtiyotkor insonga o‘xshaysiz. Shu vaqtgacha qandaydir tahdidlar bo‘lganmi?

    — Tahdid emas-ku, bir odam modellik bo‘yicha ish, deb aldab chaqirib, Hilton mehmonxonasida qo‘limni so‘ragan. Chet elga ham ish masalasida kelishimni so‘rashgan, bilsam, meni yoqtirib qolgan odam ekan. Shunday vaziyatlar ham bo‘lib turadi.

    — Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

    — Gul do‘koni ochmoqchiman, xonandalikda ham o‘zimni sinab ko‘rish niyatim bor. Qo‘shiqchi Shahzodaga havas qilaman, klipga rol taklifi bo‘lsa, rozi bo‘lardim. Haydovchilik guvohnomasini olishim kerak, taksida yurib ham charchadim, gap otishadi (kulib).

    Intervyuni to‘liq holda YouTube orqali Daryo Lifestyle kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    19.08.2024, 10:58   Izoh (0)   204695
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Go‘zallikda Gollivud yulduzlari bilan bemalol bellasha oladigan hind aktrisalari va modellari

    03.02.2023, 12:40

    Kino tarixidagi eng go‘zal Julyetta — aktrisa Oliviya Xassi hozirda qanday ko‘rinishga ega? (foto) 

    05.09.2023, 14:29

    Turk aktrisasi Hande Erchel 2024-yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi (foto)

    15.07.2024, 13:39

    Jahon kinosi tarixidagi eng go‘zal aktrisalar reytingi (foto)

    25.07.2024, 13:40

    “Dunyo sadolari” — Jah Khalib, Jony, Inna va o‘zbek estradasining taniqli xonandalari bir sahnada kuylamoqda (foto, video)

    30.07.2024, 22:25

    “Alisher va Adizga sizlar aktyor emassizlar, deganimda mendan ranjishgan”. Otabek Musayev o‘zbek kinosidagi bugungi vaziyat va ijodiy tanaffusi sababi haqida (vide...

    08.08.2024, 12:39

    Kino tarixidagi eng go‘zal Julyetta — aktrisa Oliviya Xassi hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    13.08.2024, 17:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.