• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    16 yil atelyeda ishlagan, otasi sabab surdo tilini o‘rgangan va saratonni yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 45 yoshda (foto)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Shodiyeva professional ijod olamiga kirib kelganiga salkam 30 yil bo‘ldi. To‘g‘ri, u suratga tushgan filmlari soni ayrim yosh aktrisalarning rollar ro‘yxatidan kamdir, ammo saviya borasida bunday deyolmaymiz.

    U “Oyijon”da tomoshabinni kuldirgan bo‘lsa, “Qizg‘aldoq”da yig‘latolgan, qahramonining hayotda borligiga ishontira oladigan sanoqli aktrisalardan biri. Raʼno Shodiyeva 12-avgust kuni 45 yoshni qarshiladi. Uning hayot kitobida quvonchli voqealar bilan birga, biroz tahlikali damlari ham bor.

    “Onamning qimmat liboslarini kiyardim”

    Foto: Skrin

    — Oilada ikkita farzandmiz. Ota-onam akam ikkimizning tahsil olishimiz uchun bor imkoniyatlarni yaratib bergan. Har yili yozda Rossiyadagi eng yaxshi oromgohlarga borib dam olardik. Onam o‘ziga nisbatan eʼtiborli va hamisha eng qimmat mualliflik liboslarini kiyardi. Men esa ularni o‘zimga moslab tikib olardim. Ammo onam biror marta buning uchun urishmagan. Liboslarga o‘chligimning sababi raqs bilan bog‘liq. “Raqqosa chiroyli kiyimda raqsga tushishi kerak”, degan tushuncham bor edi. Xullas, bolalikdan faqat raqqosa bo‘laman degan niyat bilan ulg‘ayganman, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    “13 yoshimda kinoga kirib keldim”

    Foto: Skrin

    — Ilk rolimni 13 yoshimda Qamara Kamolovaning “Atrof oppoq qorga burkandi” filmida ijro etganman. Kinoda suratga tushish va keyinchalik aktrisa bo‘lish xayolimda ham bo‘lmagan. Qamara opa nafaqat rejissyor, balki hayotimdagi muallim bo‘lgan. Onam hamisha ishda bo‘lardi, ko‘p narsalarni u insondan o‘rganganman.
    Maktabni bitirganimdan keyin qaysi kasbni egallash haqida ko‘p o‘ylaganman. Shunda dadam dizaynerlik bo‘yicha o‘qishni taklif qilgan. “Konstruktor-dizayner” mutaxassisligini egallab, 16 yil davomida atelyeda ishlaganman.

    “Tanzila Norbayevaning shaxsiy dizayneri bo‘lganman”

    Foto: Instagram

    — Opa bilan atelyeda ishlab yurgan paytimda tanishganmiz. Bu sohadan ketganimdan keyin afsuski Tanzila opaga hech narsa qilib bera olmadim. Hali ham o‘zimni kechira olmayapman. Yaqinda ko‘rishganimizda ham ko‘ylak, kostyumlar tikib bersang bo‘lar ekan deb qoldilar. Keyin men Turkiyaga ketdim va bu iltimoslarini bajara olmadim, — deydi aktrisa.

    “18 yoshimda ‘Chimildiqʼga chaqirishdi”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — 18 yoshimda Melis Abzalov “Chimildiq” filmiga taklif etdi. Bu rolni teatrda Madina Muxtorova qoyilmaqom ijro etgan. Uning darajasida ijro eta olamanmi, deb ikkilangandim. Keyin “Shaytanat” filmining kastingiga taklif qilishdi. Rostini aytsam, bu film haqida, umuman asar haqida hech qanday maʼlumotga ega emasdim. Chunki faqat rus tilidagi kitoblarni o‘qirdim. Zaynab roli uchun juda ko‘p aktrisalar kasting topshirgan, keyin bilsam bu rolni avvaliga Navro‘za Biynazova ijro etgan va qandaydir sabablarga ko‘ra suratga tushishni istamay qolgan ekan. Navro‘za opa bilan bir “dom”da turardik. Munosabatlarimiz juda yaxshi, ammo biror marta nega roldan ketgani haqida so‘ramaganman, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    “Ozodbek Nazarbekov bilan kursdoshman”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Kinodagi rollarim muvaffaqiyatli chiqishni boshlaganidan keyin bu sohada ham tahsil olishga qaror qilganman. Juda mashhur insonlar Ozodbek Nazarbekov, Halimaxon kabi ijodkorlar bilan kursdosh bo‘lganman. Undan keyin magistraturada ham tahsil oldim. “Qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi” bo‘limida tahsil olib, kar-soqov bolalar uchun spektakllar sahnalashtirishni niyat qilgandim. Institutdan ish taklif qilishdi va besh yil davomida ustozlik ham qildim. Ammo institutda ishlab, ijoddan biroz uzilgandek bo‘ldim. Shu bois, ustozlikni tark etib, bor eʼtiborimni ijodga qaratdim, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    “Onam sabab xayriya ishlarini boshladim”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Onam imkoniyati cheklangan bolalar madaniyat markazida ishlardi. Bir kuni “Sen taniqli aktrisasan, nega menga yordam bermaysan”, deb qoldi. Avvaliga onamni ranjitmaslik uchun xayriya ishlarida qatnashib yurdim. Ammo u yerdagi muhit bilan yaqindan tanishib, bolajonlarga mehrim tushib qoldi. Ular shu qadar mehrliki, insonni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Ayni kunda bu sohada nafaqat, onam va men, balki qizim ham faoliyat yuritadi, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan boshqa-boshqa insonlarmiz”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Men toshkentlik, turmush o‘rtog‘im esa qashqadaryolik inson. Aslida dunyoqarashimiz va odatlarimiz ham bir-biriga mos emas. Masalan, men noziklikni yoqtiraman, turmush o‘rtog‘im esa chapani samimiy inson. Hatto yaxshi ko‘radigan narsalarimiz ham bir-biridan farq qiladi. Ammo turmush o‘rtog‘im oilaparvar va ayolini qadrlaydigan inson. Oilamiz uchun hamma imkoniyatni yaratib beradi. Shu kungacha ro‘zg‘or xarajatlari haqida bosh qotirgan emasman, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    Og‘ir xastalikni yenggan aktrisa

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi va sog‘lom qismini qoldirishdi. Jigar o‘sadigan organ. Xudo xohlasa, olib tashlangan o‘sha foizi bir yil davomida yana ham o‘sib, joyiga tushadi. Oson amaliyot bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli. Jigarning o‘zi 300 ta funksiyani bajaradi. Unda qon tomirlari ko‘p. Shuning hammasini joy-joyiga tikish kerak bo‘ldi, — deydi aktrisa.

    Raʼno Shodiyevaning “Mehrli qo‘llar”i

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Surdo tili oilamiz uchun yangilik emas. Dadamning eshitish bilan bog‘liq nuqsoni bo‘lgani sabab bolaligimizdan bu tilni o‘rganishga va u orqali dadam bilan erkin muloqot qilishga harakat qilganmiz. 2003-yili uch oylik kursga qatnadim va surdo tarjimoni mutaxassisligini egalladim. Hozirgi kunda bu tilda erkin muloqot qila olaman. Hatto farzandlarim ham buni o‘rgangan.

    Bolaligimdan imkoniyati cheklangan insonlarga befarq bo‘lmaganim uchun “Qo‘llar yordamida gaplashamiz” nomli tashkilotni yo‘lga qo‘ygandim. Keyin uning qamrovi yanada mukammallashib, eshitish, ko‘rish, gapirish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar tashkilotini tuzdik. Hozirgi kunda rahbarligimdagi “Mehrli qo‘llar” yoshlar va bolalar markazi imkoniyati cheklangan qatlam vakillarining hayotga moslashuvchanligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda, — deydi aktrisa Raʼno Shodiyeva.

    Mahoratli aktrisa endi buvijon

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    Aktrisa 2021-yili o‘g‘li Diyorni uylantirdi. Qizig‘i shundaki, uning kelini rus millatiga mansub. Oradan ko‘p o‘tmay qizi Raxshonani ham turmushga berdi. Hozirda aktrisaning uch nafar nabirasi bor.

    “Jigarimning 60 foizi olib tashlandi”

    Afsuski, 2022-yili aktrisada jiddiy xastalik aniqlangandi. Ikki yillik muntazam davolanish va jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng aktrisa sog‘lom hayotga qaytdi. To‘g‘rirog‘i, u saratonni yenga oldi.

    Aktrisa ayni kunlarda “Adolat” filmi va “Qizim” serialida suratga tushmoqda. Quvonarlisi, u avvalgidek go‘zal va quvnoq. Demak, salomatligi ham joyida.

    13.08.2024, 19:56   Izoh (0)   76952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keyt Middlton saratonning inqirozli davrini yengib o‘tdi va hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda

    04.06.2024, 14:50

    Harbiy bo‘lish nasib qilmagan, baxtini ikkinchi turmushidan topgan Ulug‘bek Qodirov nima uchun AQSHga ketgan edi? (foto, video)

    08.08.2024, 11:35

    Shohrux Xon 8 marta operatsiya qilingan: Hind kinosi yulduzlari qanday kasalliklardan aziyat chekadi? (foto)  

    12.08.2024, 15:53

    Kolin Farrell, Kira Naytli va farzandlari kamyob kasallikdan aziyat chekadigan boshqa yulduzlar

    13.08.2024, 19:05

    Qirol va shahzodalar bilan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    13.08.2024, 15:30

    Oilasi haqida gapirishni istamaydi, Mustafoga o‘xshatishlarini yoqtirmaydi: turk aktyori Mehmet Gunsur haqida qiziqarli ma’lumotlar

    13.08.2024, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.