Angliya Premyer Ligasining ilk turida “Lester” va “Tottenhem” jamoalari 19-avgust, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida “shporlar” futbolchisi Porro hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim mehmonlarning kichik ustunligida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa “tulkilar” hisobni tenglashtirishga harakat qildi. 57-daqiqada esa Jeymi Vardi darvozani ishg‘ol qildi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsiz qoldi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
APL
1-tur bahsi
19-avgust, dushanba
“Lester” — “Tottenhem” 1:1
Gollar: 0:1 – 29 Porro, 1:1 – 57 Vardi.
“Lester”: Xermansen, Kristiansen, Fas, Vestergor, Jastin, Ndidi, Uinks, Buonanotte (Sumare, 79), Dekordova-Rid, Fatau, Vardi (Mavididi, 79).
“Tottenhem”: Vikario, Udoji, van de Ven, Romero, Porro, Meddison (Kulusevski, 79), Bentankur (Grey, 78), Sarr (Bergvall, 78), Son Hyon Min, Solanke, Jonson (Verner, 78).
Ogohlantirish: Bentankur (64).
Izoh (0)