Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiya o‘yinlarida kamondan otish sportida debyut qilgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun musobaqa nihoyasiga yetdi.
Bugun aralash juftlik dasturining 1/8 finalida ishtirok etgan Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi Bredi Ellison va Kezey Kauxold (AQSH) tandemiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va o‘z ishtirokini tugatdi.
Olimpiadaning yakkalik bahslarida Ziyodaxon chexiyalik Mariye Xorachkovaga imkoniyatni boy bergandi, Amirxon esa 2-davrada London Olimpiadasi g‘olibi italiyalik Mauro Nespoliga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)