Isroilda falastinlik mahbusga yomon munosabatda bo‘lganlikda gumon qilingan askarlarning hibsga olinishi ortidan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar ikki harbiy bazaga, Sde Teyman va Beyt Lidga bostirib kirishdi. Bu haqda Isroil OAV ma’lum qilgan.
Namoyishchilar tarqatib yuborilgan, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha Sde Teyman bazasidagi falastinlik mahbus og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilganidan keyin Isroil mudofaa kuchlarining to‘qqiz nafar askari qo‘lga olingan edi. O‘sha kuni kechqurun norozilik namoyishlari boshlandi. Sde Teyman bazasida 1 mingga yaqin, Beyt Lid bazasida esa 1200 nafarga yaqin odam to‘plangan.
Namoyishlarni bosh vazir Benyamin Netanyaxu koalitsiyasining o‘ng qanot a’zolari uyushtirgani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)