Isroil Tashqi ishlar vaziri Isroil Katz Golan tepaliklariga berilgan zarbadan so‘ng “Hizbulloh” barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tganini aytib, Livan bilan keng ko‘lamli urush boshlanishidan ogohlantirdi.
Biz “Hizbulloh” va Livan bilan keng ko‘lamli urushga yaqinlashyapmiz. Biz buning narxini frontda ham to‘laymiz, ammo urush oxiriga kelib “Hizbulloh” mag‘lub bo‘ladi va Livan jiddiy zarar ko‘radi, deydi u.
Katz “tinchlik va xavfsizlikni tiklashga” va’da bergan. U, shuningdek, TIVga “Livandagi harakatlar uchun qonuniylikka erishish bo‘uicha keng qamrovli kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rish” haqida ko‘rsatma berganini aytgan.
Isroil armiyasi vakili Daniel Hagariga ko‘ra, Majdal Shamsga raketa hujumi oqibatida o‘n nafar bola halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa futbol maydoniga tushgan. Yana 30 dan ortiq kishi jarohatlangan. Hagari hujumda Hizbullohni ayblagan.
Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurgan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujum haqidagi xabardan so‘ng imkon qadar tezroq javob qaytishni buyurgan.
“Hizbulloh” Majdal Shams hujumiga aloqadorligini rad etgan.
Izoh (0)