• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Layfstayl Shou-biznes

    Ota-onasi badavlat bo‘lsa ham moliyaviy qiyinchilik ko‘rgan mashhurlar

    Boylik va mashhurlik doim ham farzandlarga meros bo‘lib qolmaydi. AQSHda va ayrim Yevropa davlatlarida badavlat ota-onalar farzandi voyaga yetgach unga moddiy yordam bermaslik orqali mustaqil hayotga o‘rgatadi. Shou-biznes olamidagi biz tanigan mashhurlar ham ana shunday kunlarni boshidan o‘tkazgan. Quyida ota-onalarining keng imkoniyatlariga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar bilan uzoq vaqt kurashgan (yoki kurashishda davom etayotgan) yulduzlar haqida hikoya qilamiz.

    Devid Banda

    Foto: Reddit

    Amerikalik xonanda Madonnaning asrab olingan o‘g‘li Devid bolaligida to‘kin-sochinlikda ulg‘aygan. Ammo uning onasi o‘g‘li ustidan doimiy nazorat qiluvchi va cheklab qo‘yuvchi harakatlar qilmaydi, Devid mustaqil tirikchilik qilishi uchun unga erkinlik beradi. Hozirda Banda musiqa sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Yaqin orada Devid Banda o‘zining Instagram sahifasida qo‘ygan fotosurati ostida quyidagi satrlarni yozib qoldirdi: “Mana, kechki soat to‘qqiz ham bo‘ldi. Mening qornim och va ovqat sotib olish uchun pulim yetmaydi. Buning uchun endi men chiqindi yig‘ishim kerak”.

    Mustaqil hayot haqidagi Devidning so‘zlarini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi va Madonna o‘gay o‘g‘lini uyidan haydab yuborgani haqida yolg‘on mish-mishlar tarqaldi. Devid bu taxminlarni darhol rad etdi va mustaqil turmush tarzi unga juda yoqishini ta’kidlab o‘tdi.

    Foto: Reddit

    U gitara chalish bo‘yicha dars o‘tadi. Garchi Devidning maoshi katta bo‘lmasa-da, qallig‘i Mariya Atuesta uni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ma’lumot uchun: xonanda Madonna Malavi davlatidan to‘rt nafar bolani asrab olgan. U 2006-yilda o‘g‘li Devid Banda Mvaleni, uch yildan keyin esa qizi Chikundo Mersi Jeymsni asrab olgan. Madonna 2017-yilda egizaklari Stella va Esterning vasiyligini oldi. Shuningdek, xonandaning aktyor Karlos Leondan Lourdes ismli qizi va rejissyor Gay Richi bilan turmushidan Rokko Jon ismli o‘g‘li bor.

    Dakota Jonson

    Foto: Glamour

    Dakotaning otasi, aktyor Don Jonson qizi 16 yoshga to‘lganida unga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi. Intervyulardan birida u sobiq rafiqasi, aktrisa Melani Griffit bilan kelishib olgani, agar Dakota oliy o‘quv yurtiga kirishga qaror qilsa, uning o‘qish pulini to‘lashga rozi ekanini aytgan. Agar u boshqa yo‘lni tanlasa, o‘zini-o‘zi boqishga majbur bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Dakota ikkinchi yo‘lni tanladi va shou-biznes olamiga kirishga qaror qildi. U kundalik ehtiyojlarga pul topish uchun model sifatida ish boshlagan.

    Foto: People

    Qo‘shimcha o‘rnida: Dakotaning onasi Melani Griffit o‘z davrining mashhur aktrisasi bo‘lib, u Gollivuddagi ko‘plab yulduzlar singari muhojirlar oilasidan bo‘lgan. Ular Amerikaga Shvetsiyadan kelgan, otasining ajdodlari esa norveg va nemis bo‘lgan.

    Tori Spelling

    Foto: Harper’s Bazaar

    Tori Spelling “Beverli Hills, 90210” yulduzi va taniqli prodyuser Aaron Spellingning qizi bo‘lib, 2006-yilda otasidan katta meros qoladi. Biroq Tori ko‘pchilik kutganidan ancha kam miqdorda ulushga ega bo‘ldi. Umumiy boyligi 500 million dollarga baholangan ota Toriga atigi 800 ming dollarni vasiyat qilgan. Qolganlari Torining onasi Kendi Spellingga berilgan.

    Keyinchalik aktrisa o‘zining moliyaviy qiyinchiliklari haqida tez-tez so‘zlab beradigan bo‘ldi. Uning fikricha, voqealarning bunday rivoji Torini firibgar yoki o‘g‘ri bo‘lib qolishdan qaytargan.

    Gvinet Peltrou

    Foto: RBK

    Badavlat oilada tug‘ilgan ba’zi insonlar barchasini noldan boshlashni va moliyaviy mustaqillikka erishishni bolaligidan xohlaydi. Mustaqillikka bo‘lgan katta istagi tufayli Gvinet Peltrou 16 yoshidan boshlab o‘zini ta’minlay olgan. Intervyulardan birida yulduz ta’kidlashicha, uning ota-onasi Blayt Danner va Bryus Peltrou qizlarini imkon qadar tezroq mustaqil ravishda pul ishlashni o‘rganishi kerak degan tushuncha bilan tarbiyalagan. “O‘smirlik davrimdan boshlab men ota-onamdan bir sent ham olmadim va shu orqali o‘z-o‘zim qaytadan kashf etdim”, deydi aktrisa.

    26.07.2024, 11:28   Izoh (0)   7214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madonna, Anjelina Joli, Xyu Jekman: Farzand asrab olgan mashhurlar (foto)

    27.06.2023, 16:36

    Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar 

    14.07.2024, 16:12

    Eddi Myorfi, Bred Pitt va Gollivudning boshqa serfarzand aktyorlari (foto) 

    15.07.2024, 15:20

    Badavlat oilada voyaga yetgan mashhurlar (foto)

    21.07.2024, 17:55

    “O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi? (foto)

    22.07.2024, 17:53

    “Qirol vasiyati”: Uilyam, Garri, Kamilla va qirollik oilasining boshqa a’zolari Charlz III vafotidan keyin nimalarni meros qilib oladi? 

    26.07.2024, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.