Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli A.O. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra uning nomiga 15 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 40 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi M.A. jabrlanuvchi A.O.ga soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning nomidan 15 mln onlayn kredit rasmiylashtirib olgan. O‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)