Avstraliya shimolida timsoh 12 yoshli qizga hujum qildi, 36 soatdan keyin qizning suyak qoldiqlari daryo tubidan topildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Hodisa Darvin shahridan 350 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Nganmarriyanga aborigenlar jamoasi yaqinida sodir bo‘lgan. Bola u yerda oilasi bilan dam olgan. Politsiya matbuot kotibi Erika Gibsonning aytishicha, bolaning ota-onasi hali ham shokda va sodir bo‘lgan voqeaga ishonmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Avstraliyaning bu hududida chuchuk suv timsohlari yashaydi. Ular odatda xavf ostida qolgandagina odamlarga hujum qiladi. Mamlakat shimolida 100 mingdan ortiq timsoh yashaydi. Avstraliyada yilida o‘rtacha ikki marta timsoh hujumi sodir bo‘ladi.
Izoh (0)