Toshkent tumanida vaqtincha saqlash uchun topshirilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqaro A.R.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilib, “B.R.” MCHJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan jami 4 015 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ushbu MCHJni norasmiy boshqarib kelgan D.A. va boshqalar tomonidan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)