Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 13,11 so‘mga tushib, 12 571,90 so‘m bo‘ldi. Yevro 73,19 so‘mga pastlab, 13 465,76 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,23 so‘mga tushib, 143,38 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 585,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)