Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali O‘zbekistonga nima sababdan tashrif buyurgani haqida yozdi.
O‘zbekistonga 40 dan ortiq milliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va o‘rta korxonalar rahbarlari yangi bozor ochish uchun tashrif buyurmoqda, — deb yozadi Mo‘g‘uliston prezidenti.
Bugun, 24-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Izoh (0)