Pragadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida noma’lum erkak pichoq bilan olti kishiga hujum qildi.
Shifokorlar uch nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatdi, ulardan biri kasalxonaga yuborildi, hujumchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi politsiya matbuot xizmati.
“52 yoshli erkak 19-iyun chorshanba kuni Argentina ko‘chasida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida olti kishiga pichoq bilan hujum qildi, ikki kishi yengil jarohat oldi, yana bir kishi tanasining yuqori qismidan kesilgan jarohatlar olib, kasalxonaga jo‘natildi. Uning hayoti xavf ostida emas”, — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, politsiya hujumchini qo‘lga olgan, uning xatti-harakatiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)