• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Kino Shou-biznes

    Tomoshabinni muvaffaqiyatga undaydigan buyuk insonlar haqidagi 6 ta biografik filmlar

    Mazkur filmlarni tomosha qilganingizdan so‘ng hayotingizda, albatta, nimadir o‘zgaradi.

    “Frida” (2002)

    Frida Kalo meksikalik rassom bo‘lib, o‘zining avtoportretlari orqali shuhrat qozongan va ularning hech birida uning tabassumini ko‘rmaysiz.

    14 yoshida qiz nufuzli Escuela Nacional Preparatoria maktabiga o‘qishga kiradi — o‘qishga kirgan 35 nafar qizlardan biriga aylanadi, qolgan ikki ming o‘rinni o‘g‘il bolalar egallaydi. Keyin Frida ularning ba‘zilari bilan do‘st bo‘lib, qiziqishlar va ijtimoiy doiralar haqidagi stereotiplarni yo‘q qiladi: ularga qo‘shilib darslarni qoldiradi, futbol o‘ynaydi, siyosat va adabiyot haqida gaplashadi.

    Kaloni “yog‘och oyoq” deb masxara qilishadi — bolaligidan poliomielit tufayli oqsoqlanib yurgan. Avvaliga bu qizni qattiq xafa qiladi, ammo 18 yoshida uni taqdirning yanada katta zarbasi kutib turgandi. Frida avtobusda ketayotganida avariyaga uchraydi — avtobusga tramvay kelib uriladi. Metall tutqich to‘g‘ridan to‘g‘ri uning ichidan o‘tib, qovurg‘alarini, bo‘ynini, shuningdek, son suyaklarini sindirib tashlaydi.

    Shunga qaramay, rassom eri Diyego Riveraning xiyonatini eng katta fojia deb ataydi.

    Taqdirning barcha zarbalariga qaramay, Kalo rasm chizishni to‘xtatmaydi shu yo‘l bilan o‘zi his qilgan hamma narsani boshqalarga yetkazadi.

    Biografik filmda bosh rolni Salma Hayek o‘ynagan. Ko‘p yillar davomida u ushbu rolni ijro etishni va filmning hammuallifi bo‘lishni orzu qilgan. Natijada aktrisa “Oskar”, “Oltin globus” va BAFTA mukofotlariga nomzod bo‘ladi.

    “Stiven Xoking olami” (2014)

    Stiven Xoking — ingliz fizigi, u qora tuynuklar borasida ulkan kashfiyotlar qiladi va Katta portlash nazariyasini qayta ko‘rib chiqadi. Ikki soatlik biografik filmda olim va u bilan birga ilmiy kashfiyotlar qilgan va lateral sklerozga chalingan birinchi rafiqasi Jeyn haqida hikoya qilinadi.

    Shifokorlar Stivenning ikki yildan ortiq yashamasligini aytishlariga qaramay, er-xotin taslim bo‘lmaydi va o‘zlariga yoqqan ish bilan shug‘ullanishda davom etadilar. Jeyn Xokingdan farzandli ham bo‘ladi.

    Jeyms Marshning filmi Jeyn Xokingning “Cheksizlik sari sayohat: Stiven bilan hayotim” memuariga asoslangan bo‘lib, kartina “Oskar”, “Oltin globus”, BAFTA va “Saturn” kabi bir qancha yirik mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Xoking obrazini ingliz aktyori Eddi Redmeyn, Jeynni esa Felisiti Jons ijro etgan.

    “Chaplin” (1992)

    Komediyachining hayoti qiyin kechgan: otasi oilani erta tark etadi, shuning uchun onasi bolalarni yolg‘iz katta qilishi kerak edi. Aytgancha, aktyor hatto ko‘chaga chiqish uchun onasining bitta-yu bitta tuflisini kiyishga majbur bo‘lgan.

    14 yoshiga qadar o‘qishni yaxshi bilmas, pul topish uchun akasi bilan birga gazeta sotgan, xizmatkorlik qilgan, o‘tin chopgan, shisha puflovchi kasbini sinab ko‘rgan. Shunga qaramay, u ota-onasidan aktyorlik iste‘dodini meros qilib oladi.

    15 yoshida bo‘lajak yulduz teatrga ishga kiradi va “Sherlok Xolms” spektaklida Billi rolini o‘ynaydi. Aktyorning o‘zi aytganidek, u uchun eng qiyini, rol o‘ynashdan ko‘ra nimanidir o‘qish edi. U birinchi rolini matnni yod olishga yordam bergan akasi yordamida ijro etgan.

    Charli ismli kambag‘al yigit qanday qilib muvaffaqiyatli aktyorga aylangani haqida bilib olishingiz va xuddi shu nomdagi film yordamida uning hikoyasidan ilhom olishingiz mumkin. Aytgancha, kichik Robert Dauni “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga nomzod bo‘lgan. Ammo Charlining onasi rolini Chaplinning qizi Jeraldin o‘ynagan.

    “Aykan: Charchoq bilmas milliarder” (2022)

    Karl Aykan — 88 yoshli amerikalik biznesmen, Forbes jurnali bo‘yicha eng muvaffaqiyatli moliyachilar ro‘yxatiga kiritilgan (uning boyligi 20 milliard dollarga baholangan). Uni “Uoll-stritning yolg‘iz bo‘risi” ham deb atashadi.

    80-yillardagi faoliyatining boshida Karl arzimas obligatsiyalarni sotgan va biografik film Aykan karyerasining boshlanishi haqida hikoya qiladi. U boshqalarning fikriga umuman ahamiyat bermaydi va bu tavakkalchilik ortida bir necha yillik tajriba turadi.

    Katta pulga chanqoq Karl o‘z misolida odam hamma joyda muvaffaqiyatga erishishi mumkin, lekin asosiysi har doim raqamlarga tayanmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Buning uchun tavakkal qilish, sezgiga ishonish va raqiblar tajribasini hisobga olish kerak.

    “Jobs: rivojlanish imperiyasi” (2013)

    “Agar ertaga menga yaxshi nom taklif qilmasangiz, qasamyod qilamanki, men kompaniyaga Apple deb nom beraman”, — deydi bir kuni Apple asoschilaridan biri Stiv Jobs hamkasblariga. Stiv Voznyak bilan birgalikda u o‘z kompaniyasidan butun bir imperiya quradi, ammo bu Jobs uchun oson bo‘lmaydi.

    Talabalik chog‘ida hippiga aylangan va universitetdan haydalgach, do‘stlarining yotoqxonasida yotib, oziq-ovqat olish uchun konserva yig‘ishga to‘g‘ri kelgan. U giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi xudbin va janjalkash yigit bo‘lgan. Oliy ma‘lumotning yo‘qligi esa vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Biroq u mas‘uliyatli korporativ direktorga aylana oldi.

    Kompyuter dahosi o‘z misolida odamlar cheksiz miqdordagi imkoniyat va iste’dodga ega, ammo ularni qanday boshqarishni hamma ham bilmasligini ko‘rsatdi.

    Filmda Jobs rolini Eshton Katcher ijro etgan.

    “Pushtirang hayot” (2007)

    Film afsonaviy Hymne à l’amour, Non, je ne regrette rien, La Vie en rose, Tu es partout va boshqa qo‘shiqlar ijrochisi fransuz xonandasi Edit Piaf (haqiqiy ismi Edit Gassion) hayoti haqida.

    Buyuk san’atkor qashshoqlikda ulg‘aygan va yoshligidan sirkda, shahar ko‘chalarida chiqish qilgan... Bu vaqtda uning tengdoshlari qo‘g‘irchoq o‘ynab, zavqlanishardi. Bir kuni kichkina Editning chiqishlarini kabare egasi Lui Leple payqab qoladi va unga Chumchuq deb laqab qo‘yadi (fransuz tilida bu “piaf” bo‘ladi, keyinchalik yulduzning taxallusiga aylanadi).

    Ammo dahshatli voqealar ketma-ketligi to‘xtamaydi: Lui o‘ldiriladi, natijada Edit kabareni tark etishga majbur bo‘ladi. Shon-shuhrat qozongan paytida esa Piaf alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘yadi, u bir nechta baxtsiz hodisalarga uchraydi va sevgilisining o‘limini boshdan kechiradi.

    Edit har kuni sevish, qo‘shiq aytish va yashash huquqi uchun kurashishi kerak edi. Iste’dod fransuz ayolini tubdan ko‘taradi, ammo shunga qaramay u juda erta — 47 yoshida jigar yetishmovchiligi tufayli anevrizma yorilishidan vafot etadi. (og‘ir gastrol safari, shuningdek, noqonuniy moddalar va spirtli ichimliklarni suiiste‘mol qilish uning sog‘lig‘iga qattiq ta‘sir qiladi).

    Rejissyor Olivye Daan filmda avval kichkina Editni, keyin esa to‘satdan o‘n yoshga kirgan qizni tasvirlaydi.

    Edit rolini ijro etgan aktrisa Marion Kotilyyar roli uchun qoshlarini oldirib, qalam bilan chizgan, shuningdek, uzun sochlarini ham kestirgan. Marion mazkur roli uchun “Oskar”ga sazovor bo‘lgan.

    14.06.2024, 19:48   Izoh (0)   30945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Faqat bolalar uchun emas: kattalar ham tomosha qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi multfilmlar

    12.06.2024, 16:20

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    O‘ta boy osiyoliklar: yiliga million dollarlab daromad oladigan xitoylik aktyor va aktrisalar

    12.06.2024, 10:41

    Kim Kardashyan, Rianna va dahshatli o‘g‘rilik qurbonlari bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    14.06.2024, 19:05

    “Endi yashashga uyim ham yo‘q”: Gollivud aktyori Kevin Speysi intervyu vaqtida yig‘lab yubordi 

    14.06.2024, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.