Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunario Kartadinata 13-iyun kuni Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.
1950-yilda tug‘ilgan Sunario Kartadinata 2019-yildan beri O‘zbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi.
Tibbiyot fanlari magistri, professor Sunario Kartadinata bir vaqtning o‘zida Indoneziyaning Qirg‘izistondagi elchisi ham hisoblanardi.
Elchixona xabarida 74 yoshli diplomatning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)