Qo‘shma Shtatlar 9,0 magnitudali zilzila va ularga tahdid solayotgan 30 metr balandlikdagi sunami tufayli jiddiy zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda olimlar tadqiqotiga tayanib, Daily Mail xabar berdi.
AQSHning g‘arbiy sohilidagi dengiz osti yoriq chizig‘i megazilzilani keltirib chiqarishi mumkin, bu hatto Kaliforniyada kutilayotgan “katta silkinish”dan ham halokatliroqdir, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu mintaqadagi yoriq to‘rt segmentga bo‘lingan. Ushbu kashfiyot yirik falokatni va’da qilmoqda, chunki tektonik plitalar bir-biriga tegishi, bu esa to‘qqiz magnitudali kuchli zilzila xavfi bilan bosimni oshirishi mumkin.
Olimlarning fikricha, bunday kataklizm balandligi 30 metr va undan ortiq sunamini keltirib chiqarishi, shuningdek, 10 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Rasmiylar bunday ofatdan keyin murdalar, ifloslangan suvlar, savdo, sanoat va maishiy manbalardan to‘kilgan kimyoviy moddalar tufayli ko‘plab qo‘shimcha o‘limlar bo‘lishini taxmin qilmoqdalar.
Izoh (0)