Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSHning Missisipi shtatiga yopirilgan kuchli tornado oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi, prezident Bayden shtatda favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: NPR

Tornado yuzlab binolarni vayron qilgan va 100 mingdan ortiq aholini elektr energiyasiz qoldirgan. Tabiiy ofat oqibatida Silver-Siti va Rolling Fork shahri eng ko‘p zarar ko‘rgan. Undagi uylar xarobaga aylangan, daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgan.

Rolling Fork shahar meri Eldrij Uokerning aytishicha, shahar endi yo‘q, ammo aholi uni qayta qurishi mumkin. Missisipi gubernatori Teyt Rivz tornado oqibatlarini fojia deb baholadi va hududda favqulodda holat e’lon qilinganini ma’lum qildi.

AQSH Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tornado Rolling Fork ustidan o‘tganda soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlangan. Tabiiy ofat qo‘shni Alabama va Tennessi shtatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari