• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha I xalqaro kongressi: asosiy maqsad kasallikni erta aniqlash va davolash darajasini oshirish

    Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha I xalqaro kongressida ishtirok etayotgan mutaxassislar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

    KANKA bolalar gematologiyasi va onkologiyasi va suyak iligi transplantatsiyasi markazi rahbari, Erdjiyes universiteti tibbiyot fakulteti professori Musa Karakukju bolalarning suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

    Musa Karakukju
    Foto: “Daryo”

    Hozirda Turkiya sog‘liqni saqlash tizimida bolalarning suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi juda yaxshi rivojlangan. Yevropa bo‘yicha kuchli uchtalikka kiramiz: Germaniya, Italiya va Turkiya.

    Toshkentda juda yaxshi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi bor. O‘zbekistonda bolalarning suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi bo‘yicha shifokorlarning malaka oshirishi, hamshiralarni tayyorlash masalasida qo‘limizdan kelgancha yordam berishga va o‘z tajribalarimizni o‘rtoqlashishga tayyormiz, — dedi professor Musa Karakukju.

    Rossiya Milliy tibbiy radiologiya ilmiy markazi bosh direktori Andrey Kaprin Toshkentdagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi ko‘p joylarda mavjud emasligini alohida ta’kidladi.

    Andrey Kaprin
    Foto: “Daryo”

    Aksar hollarda onkologik kasalliklarga uchragan bolalar umumiy poliklinikalarda davolanishadi. Bunday markazlarning bo‘lishi onkologik kasalliklarni chuqurroq o‘rganishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, genetik, molekulyar o‘zgarishlar, miya transplantatsiyalari sohasida ilmiy izlanishlar olib borilayotgan Rossiya va boshqa dunyodagi eng tajribali markazlar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.

    Men 30 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislarni taniyman, ular juda ham tajribali. Albatta, kadrlar eng asosiy ishni bajaradi. Shuning uchun bu kongress yosh mutaxassislarga loyihalarning ko‘lamini his qilish imkonini beradi va yangi yo‘nalishlarni anglashga xizmat qiladi.

    Mamlakatingiz bunday kasalliklarga qarshi kurashishga bel bog‘lagan. Biz esa bunga yordam beramiz, — dedi Andrey Kaprin.

    Respublika bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi bolalar jarrohi Tojiddin Mustafoyevning aytishicha, O‘zbekistonda 2030-yilga borib bolalar orasidagi xavfli o‘sma kasalliklardan tuzalish darajasini 60 foizdan oshirish rejalashtirilgan.

    Tojiddin Mustafoyev
    Foto: “Daryo”

    Bir yilda Respublikamizda 26 mingdan ortiq kishida xavfli o‘sma kasalligi aniqlansa, shuning o‘rtacha 3,5 foizini bolalar tashkil qiladi. Butun dunyoda ham xavfli o‘sma kasalliklarida bolalarning ulushi 3-5 foiz.

    Bolalardagi xavfli o‘sma kasalliklari ba’zi bir jihatlari bilan kattalardagi o‘smalardan farq qiladi. Bugungi anjumanda aynan mana shu jihatlarga alohida e’tibor berilmoqda.

    Bunda asosiy maqsad yetakchi mamlakatlarda qo‘llanayotgan tashxis qo‘yish va davolash standartlarini O‘zbekistonda ham amaliyotga joriy qilish. Bunda JSST bilan bizning hukumatimiz birgalikda 2030-yilga borib bolalar orasidagi xavfli o‘sma kasalliklaridan tuzalish darajasini 60 foizdan oshirishni rejalashtirmoqda, — dedi bolalar jarrohi Tojiddin Mustafoyev.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan bolalar saratoniga qarshi global tashabbusida ishtirok etish uchun tanlangan maqsadli mamlakatlar o‘ntaligi qatoriga kirdi. Bunda asosiy vazifalar zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanishni yaxshilash, saraton va gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, terapiya samaradorligini va bolalarning umumiy farovonligini oshirishdan iborat.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston JSSTning bolalarni saraton kasalligidan davolash uchun dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha global platformasida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Unga asosan saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun sifatli dori vositalarini uzluksiz qabul qilish hamda ularni bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Dunyoda birinchi bo‘lgan ushbu platforma JSST va AQSHning Sent-Jud bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasining loyihasi bo‘lib, bolalarni moliyaviy qiyinchiliklarsiz xavfsiz, samarali va sifatli saratonga qarshi dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan. Dori vositalarini xarid qilish JSSTning texnik topshiriqlari asosida YUNICEF tomonidan amalga oshiriladi.

    Toshkent shahrida 5–7-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha I xalqaro kongressining asosiy maqsadi — xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eng so‘nggi ilm-fan yutuqlari, ilg‘or diagnostika va davolash usullarini muhokama qilish, tibbiy yordam sifatini oshirish, bemorlarning ruhiy-ijtimoiy va madaniy holatlarini hisobga olgan holda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda bolalar saratonini davolashda ilg‘or xalqaro va innovatsion amaliyotlarni joriy qilishdir.

    07.06.2024, 15:09   Izoh (0)   2670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolalar milliy tibbiyot markaziga onkologik o‘smalarni 20 daqiqada tekshirib, oldindan tashxis qo‘ya oladigan radiologik qurilma o‘rnatildi

    04.11.2023, 19:48

    O‘zbekistonga rossiyalik pediatriya va onkologiya sohasi mutaxassislari tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun yuboriladi

    28.05.2024, 21:15

    “Bolalarda saraton tashxisi qo‘yilgandan keyin ham omon qolish darajasini oshirishimiz zarur” — JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina

    05.06.2024, 20:25

    Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi

    07.06.2024, 14:52

    Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    07.06.2024, 14:34

    Samarqandda 70 ta xonadonni qarindoshlari nomiga rasmiylashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

    07.06.2024, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib, yonib ketdi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 10:48

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    “Chelsi” “Manchester Yunayted”ga Alexandro Garnacho bo‘yicha taklif bilan chiqdi

    Sport | 12 avgust, 10:41

    “O‘zgidromet” 13-avgustda havo harorati qanchaga ko‘tarilishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 10:32

    Instagram: Ona bo‘lgan Dilnoza Habibullayeva, farzandlari onasiga uylanayotgan Ronaldu, Samarqanddagi to‘y muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

    Madaniyat | 12 avgust, 10:31

    Ozarbayjon va Armaniston tinchlik kelishuvi matnini e’lon qildi

    Dunyo | 12 avgust, 10:10

    O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 10:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.