“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi va yetkachi muhandisi ushlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi B.Y. va mahallada ishlash xizmati yetakchi muhandisi S.A. tadbirkor X.S.ning Karvonsaroy 1-tor ko‘chasida joylashgan mehmonxonasida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirishib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yubormaslik evaziga tadbirkordan 25 million so‘m talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)