Tashqi mehnat migratsiyasi Qozog‘istonga ketayotgan va ushbu davlatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Unga ko‘ra, 3-iyun kunidan boshlab Qozog‘istonning barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu reyd tadbirlari davomida Qozog‘iston hududida qonuniy bo‘lib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Qonunbuzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mang‘istov viloyatida ko‘p uchramoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlatga borayotgan va bo‘lib turgan yurtdoshlardan migratsiya qoidalariga rioya qilish so‘raladi.
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, ishlash uchun ushbu davlatga borgan shaxsdan darhol ishlash uchun va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.
Izoh (0)