Portugaliya hukumati mamlakatga kirish va yashashni xohlovchi aksariyat xorijliklar uchun ish vizasi talab qilib, immigratsiya qoidalarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu paytgacha Portugaliyaga sayyohlik vizasi bilan kirib, ish topgan xorij fuqarosi yashash uchun ruxsatnoma olishi mumkin bo‘lgan.
Rejalashtirilgan yangi talablarni hisobga olgan holda, mamlakatda ishlashni xohlovchi ko֥‘pchilik xorijliklar kelishidan oldin Portugaliya konsulligiga ish vizasi olish uchun murojaat qilishlari kerak, — dedi prezident ishlari bo‘yicha vazir Antonio Amaro.
Shuningdek, u Portugaliyaga tartibga solingan immigratsiya zarurligini qo‘shimcha qilgan.
Hukumat hisobotiga ko‘ra, Portugaliyada chet el fuqarolari soni 33 foizga o‘sib, 2023-yilda rekord — bir millionga yetgan. Bu mamlakat umumiy aholisining qariyb 10 foizini tashkil qiladi.
Portugaliya hukumati chegara nazoratini kuchaytirish, 400 mingdan ortiq viza arizalarini ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh yaratish va og‘ir sharoitlarda yashayotgan muhojirlarning zudlik bilan ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan markazlarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, — deya qo‘shimcha qilgan portugaliyalik vazir.
Izoh (0)