Meksikaning Koyuka de Benites shahri meri lavozimiga “Meksika uchun kuch va yurak” alyansidan nomzod Xose Alfredo Kabrera Barrientos saylovoldi mitingida otib o‘ldirildi. Bu haqda El Universal xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, siyosatchi o‘z tarafdorlari bilan birga basketbol maydonida bo‘lgan. Tasodifan uning orqasidan noma’lum shaxs paydo bo‘lib, nomzodga qarata o‘q uzgan. Suiqasd sodir etgan shaxs voqea joyida zararsizlantirilgan.
Xose Alfredo Kabrera Barrientos orqa qismiga 15 marta o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘ldi. Jinoyatga oydinlik kiritish maqsadida zarur dalillarni olish uchun tergov politsiyasi va ekspert xizmatlari xodimlari voqea joyida ishlamoqda, — deyiladi xabarda.
Bu 2023-yil yozdan beri Meksikada saylovlar bilan bog‘liq 82-qotillik ekani aytilmoqda. Shu vaqt davomida jami 2000 dan ortiq zo‘ravonlik holatlari, jumladan, tahdid va o‘g‘irlashlar qayd etilgan.
https://twitter.com/i/status/1795984272546758944
Izoh (0)