Meksika shimolidagi saylovoldi mitingida kuchli shamol esib, sahna qulab tushdi. Oqibatda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Hodisa Nuevo-Leon shtatidagi Monterrey shahrida prezidentlikka nomzod Xorxe Maynesning saylovoldi tashviqoti paytida yuz bergan. Dastlab halok bo‘lganlar soni beshtani tashkil etgan. Keyinchalik ularning soni to‘rttaga ko‘paygan. Qurbonlar orasida bir nafar voyaga yetmagan bola ham bor.
Hodisa oqibatida 56 kishi o‘rta va jiddiy jarohatlar olgan hamda yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan. Prezidentlikka nomzod Maynesning aytishicha, u sahna qulagandan keyin mahalliy kasalxonaga olib ketilgan, ammo voqea joyiga qaytgan, hozirda ahvoli yaxshi. U qurbonlar va jarohatlanganlarning oilalariga hukumat tomonidan yordam ko‘rsatilishini aytmoqda.
Izoh (0)