AQSHda “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan, Makkalisterlar oilasi yashagan uy sotuvga qo‘yildi. Sotuv haqidagi e’lon Zillow nomli ko‘chmas mulk savdosi saytida e’lon qilindi.
![](/static/2024/05/28/1--LamuxIa.webp)
Uyning umumiy maydoni 848 kvadrat metr, shiftlar balandligi 3,2 metr bo‘lgan ikki qavatli uy Chikago shimolidagi Unnetka rayonida joylashgan.
![](/static/2024/05/28/2-KcIdxEVP.webp)
![](/static/2024/05/28/5-FFfDImyW.webp)
Ko‘chmas mulk ikkita mehmonxona, beshta yotoqxona va oltita hammomdan iborat. Uyning interyeri filmdagi xonadondan ancha yiroq, chunki uning egalari 2018-yilda uyni to‘liq zamonaviy ta’mirdan chiqargan.
![](/static/2024/05/28/3-enpa83ji.webp)
![](/static/2024/05/28/4-ZeDigS8a.webp)
Yerto‘la ham rekonstruksiya qilinib, unda sport zali, turli o‘yinlar uchun dam olish xonasi hamda kichik kinozal o‘rin oldi.
![](/static/2024/05/28/9-7YQ0s3RE.webp)
![](/static/2024/05/28/000000-fQ7NbUdy.webp)
Uyning egalari mashhur film shukuhi saqlanib qolishi uchun undagi oshxona, mehmonxona va birinchi qavatdagi dam olish xonasi rejasini o‘zgarishsiz qoldirdi.
![](/static/2024/05/28/6-57bjD348.webp)
![](/static/2024/05/28/8-2UsB-WSi.webp)
1921-yilda qurilgan mazkur xonadon 5,25 million dollarga sotilmoqda. Shu vaqtgacha uy to‘rt marotaba sotilgan.
![](/static/2024/05/28/10-ZlhdHlpk.webp)
![](/static/2024/05/28/11-6s4ajn8G.webp)
Izoh (0)