Xorazm viloyatida yashovchi 52 yoshli (ayol) X.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 15 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi E.J. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, E.J. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali “Siz bonus yutdingiz” mazmunidagi yolg‘on eʼlonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu eʼlonga ishongan X.S.ning bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan. Uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan E.J.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)