• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Polkovnik Redl — Rossiya imperiyasi foydasiga josuslik qilgan Avstriya-Vengriya armiyasi razvedkasi boshlig‘ining sirli o‘limi

    1913-yilning 25-may kuni Venadagi hashamatli “Klomzer” mehmonxonasi xodimi xonalarning birida Bosh shtab polkovnigi Alfred Redlning jasadiga duch keladi. U o‘z qoniga belangan holda yotardi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya harbiy o‘z joniga qasd qilganini qayd etadi, bundan tashqari, marhumning yonidan maktub ham chiqadi: “Kaltabinlik va ehtiroslar meni xarob qildi. Men uchun duo qiling. O‘lim bilan xatolarimni yuvmoqdaman”.

    Polkovnik Alfred Redl, (1864-1913)
    Foto: Warspot

    Ertasi kuni Wiener Abendpost gazetasi sodir bo‘lgan voqea haqida quyidagicha yozadi:

    “8-Praga armiyasi korpusining shtab boshlig‘i ofitser Alfred Redl kecha kechqurun taxminlarga ko‘ra, ruhiy holatidan kelib chiqib, to‘pponchadan og‘ziga o‘q uzgan holda joniga qasd qildi. Venada ham xizmat qilgan ofitser Redlni harbiylar va oddiy fuqarolar yaxshi ko‘rardi. U shanba kuni Pragadan kelib, mehmonxonaga joylashgan edi… Harbiy komissiya sodir bo‘lgan holat yuzasidan protokol tuzdi, ammo o‘z joniga qasd qilish sabablari aniqlanmadi. Ofitser Redl fidokorona xizmat qildi va aftidan yuqoridagi holatga uning ruhiyatidagi buzilish turtki bo‘lgan”.

    Alfred Redl Avstriya-Vengriya armiyasida yuqori martabali shaxs edi. Bosh shtabning shunchaki oddiy polkovnigi emas, balki razvedka bo‘linmasi boshlig‘i ham hisoblanardi, ya’ni u Avstriya-Vengriyadagi maxfiy agentlar, razvedkachilar va josuslarni boshqarar, shu bilan birga, mamlakat ichidagi josuslikka qarshi kurashardi.

    Redl o‘sha vaqtda Avstriya-Vengriyaning bir qismi bo‘lgan Lemberg (Lvov)da dunyoga keladi. Qishloqdagi kambag‘al oiladan bo‘lgan erkak hayoti davomida ajoyib karyera qurdi. XX asr boshlarida u ikki yil Qozonda yashab, rus tilini o‘rganadi. Shundan keyin razvedka byurosi xodimiga va Rossiya bo‘yicha tan olingan mutaxassisga aylanadi. U turli operatsiya va so‘roqlarda shaxsan ishtirok etgan, razvedka faoliyati bo‘yicha yetakchi xodimlardan biri hisoblangan. O‘z joniga qasd qilishidan biroz oldin uni Pragaga xizmatga jo‘natishadi: Avstriya-Vengriyada Bosh shtab ofitserlari armiya qismlarida stajirovka qilishi kerakligi bo‘yicha qonun bor edi. Umuman olganda, Alfred Redl ajoyib ofitser, eng yuqori doiralarda tanishlarga ega va imperiyaning harbiy sirlaridan xabardor inson edi.

    Hukumat shunday obro‘li ofitserning o‘limini yashirishga qanchalik urinmasin, jurnalistlar fojia tafsilotlarini aniqlashga urinadi. Oxir-oqibat vidolashuv maktubida qayd etilgan kaltabinlik va ehtiroslar nima haqida edi?

    Redlning o‘limidan bir necha kun o‘tib Avstriya razvedka byurosi ofitserlari Pragaga yetib kelib, polkovnik yashagan va ishlagan uyni ko‘zdan kechirishni boshlaydi. Uy eshigi yopiq edi va ofitserlar uni buzib kirish uchun chilangar chaqiradi. Vagner familiyali chilangar eshikni sindirib kiradi, keyin esa harbiylarning talabi bilan Redlga tegishli seyfni buzib ochadi. Ofitserlar Vagnerning guvohligida kvartiraning oyog‘ini osmondan qilib tashaydi. Bu shunchaki hujjatlarni qidirish jarayoni emas, balki haqiqiy tintuvni anglatardi. Harbiylar begona inson borligiga ham e’tibor qaratmay, Alfred Redl — Avstriya-Vengriya agenturasi rahbarining o‘zi josus bo‘lgani va harbiy sirlarni Rossiyaga topshirib kelgani haqida isbot qidirardi. Va ular bunday dalillarni topadi ham.

    Polkovnik Redl o‘zining boshlig‘i baron Gizle bilan
    Foto: Wikimedia Commons

    Ertasi kuni chilangar Vagner mahalliy “Prager Tageblatt” gazetasida ishlaydigan jurnalist tanishi bilan uchrashadi. Jurnalist haqiqiy sensatsiya o‘z oyog‘i bilan kelib qolganini anglab yetadi, ammo undan oqilona foydalanish va senzurani ayyorona chetlab o‘tish talab etilardi. Natijada gazetaning kechki sonida quyidagi mazmunda xabarcha paydo bo‘ladi:

    “Manbalarimizga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan polkovnik Redl davlatga xiyonatda, Rossiya foydasiga josuslik qilish va harbiy sirlarni oshkor etishda aybdor. Korpus komandiri baron Gizle guvohligida polkovnik Redlning xizmat kvartirasini ko‘zdan kechirgan maxsus komissiya mutlaqo o‘zgacha holatda tergov bilan shug‘ullangan”.

    Redlning kvartirasidan armiya komandirlari uchun turli maxfiy qo‘llanmalar, minalar o‘rnatilgan hududlar, harbiy yuk tashuvlar, Avstriya agentlari ismlari yozilgan varaqlar, butun Yevropa bo‘ylab joylashgan konspirativ kvartiralar, qal’alar va armiyaning manyovrlari tasvirlangan suratlar topilgandi — hali bular Redl topshirishga ulgurmagan ma’lumotlardir. Tez orada polkovnik Redl Rossiya razvedkasiga uzoq yillar davomida ishlab kelgani oshkor bo‘ladi.

    Redlning bank hisob raqami ko‘zdan kechirilgach, u yerga taxminan 1905-yildan boshlab Bosh shtab ofitseri oladigan maoshdan ko‘proq pul mablag‘lari tushirib kelingani ma’lum bo‘ladi. Jamg‘arilgan pullarning umumiy hisobi 116,7 ming kronani tashkil etadi — bu hozirgi hisob-kitoblar bo‘yicha 650 ming dollar demak.

    Polkovnik Redl Rossiyaga eng muhim harbiy sirni — urush holati bo‘lib qolsa to‘liq mobilizatsiya bo‘yicha harbiy rejani sotgan edi. Redlning fosh etilishi esa 1913-yilda, Rossiya va Avstriya-Vengriya bir-biriga qarshi jang qilgan Birinchi jahon urushidan bir yil oldin sodir bo‘lgandi. Bu haqiqiy falokat edi.

    Josuslik mojarolarida kalavaning uchini topish qiyin, shunday bo‘lsa-da, o‘tgan 100 yil davomida ko‘plab hujjatlar ochildi. Redlning Rossiya bilan hamkorligi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan.

    1905-yilda Venaga Rossiyaning yangi harbiy attashesi polkovnik Mitrofan Marchenko keladi. U o‘z ta’sir doirasiga ega, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ofitser edi. Xizmatining dastlabki kunlaridanoq u tanish-bilish orttiradi va mamlakat bo‘ylab sayohatini boshlaydi. 1906-yilda Marchenko Peterburgga muhim bir shaxsni “sotib olish” uchun mablag‘ ajratish iltimosi bilan xatlar yo‘llaydi, pul ajratish o‘shanda ham muammo bo‘lgan. Harbiy attashe sentyabrda shunday yozadi:

    “O‘tgan yilning kuzida o‘ta muhim shaxs, har oy to‘lanadigan ma’lum mablag‘ evaziga Avstriya-Vengriya armiyasining sirlarini ochishga tayyor inson haqida hisobot bergandim. Bu taklif rad etildi. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs endilikda Italiya foydasiga ishlamoqda”.

    Polkovnik Redl Avstriya-Vengriya ofitserlari orasida
    Foto: Wikipedia

    Aftidan, ushbu qimmatli shaxs Redl bo‘lgan. Marchenko avstriyalik ofitserning sirli ko‘ngilxushligidan xabar topib, baribir Redlni hamkorlik qilishga ko‘ndiradi. Polkovnikka esa pul kerak edi.

    Redl sekin-asta o‘yinga qo‘shilib, Rossiyaga ma’lumotlar uzatishni boshlaydi — 1905-yilda hali u agenturaning rahbari emasdi. Vaqt o‘tishi bilan muvaffaqiyatli va iqtidorli ofitser xizmat pillapoyasidan yuqoriga ko‘tariladi va tabiiyki yanada muhim hamda maxfiy ma’lumotlar bilan ishlay boshlaydi. Marchenko Redldan muntazam xabar yuborib turishini so‘ramaydi: u o‘zining muhim agentini asrardi. Ular bir yilda uch-to‘rt martagina uchrashar va shunda polkovnik o‘ta maxfiy ma’lumotlar bilan bo‘lishar edi.

    Bir necha yildan keyin Redl Pragaga armiya lavozimiga o‘tkaziladi. U kontrrazvedka hujjatlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, ammo armiyadagi ma’lumotlar qo‘li ostidan o‘ta boshlagani sabab Marchenko bilan hamkorlik davom etadi. Biroq Redl bilan uchrashish uchun poytaxt Venaga kelish talab etilardi: yo‘riqnomalar yozilgan xatlar va pullar soxta familiyalar nomiga kelib tusha boshlaydi. Redl poytaxtga tez-tez bora olmasdi, shu sababdan uchrashuvlar va hujjatlarni topshirish uchun ishonarli bahonalar topishga va ehtiyot choralarini ko‘rishga to‘g‘ri kelardi.

    1910-yilda agentura bo‘linmasi boshlig‘i lavozimini Maksimilian Ronge — Redlning sobiq o‘quvchisi va o‘rinbosari, iqtidorli razvedkachi egallaydi. Butun Yevropa bo‘ylab urush nafasi esib yurardi. Yevropada barcha maxsus xizmatlar josuslarni qidirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini faollashtiradi. Ronge Venada “qora kabinet” tashkil etadi — u yerda mutaxassislar shubha uyg‘otgan maktublarni ochib ko‘rardi.

    2-aprel kuni Germaniya maxsus xizmati avstriyalik hamkasblariga muallifi ko‘rsatilmagan shubhali konvertni topshiradi. U Rossiya bilan chegarada joylashgan Eydkunen nomli kichik shaharchadan jo‘natilgan edi. Nikon Nitsetas ismli shaxsga yuborilgan konvertni Venadagi pochtamtdan hech kim olib ketmaydi. Shunda maktub Berlinga qaytariladi, u yerdagi pochta xizmati yuborgan shaxsni aniqlash maqsadida konvertni ochib ko‘radi. Konvert ichida xat emas, balki naqd pullar bor edi: 6 ming Avstriya kroni (hozirgi kursda 27 ming dollardan ziyod). Manzil ham qo‘lda emas, mashinkada yozilgandi. Konvert ichidan puldan tashqari ikkita manzil ham chiqadi: bittasi Parij, ikkinchisi Jenevada joylashgan. Germaniya razvedkasida maktub shubha uyg‘otgani sabab uni venalik hamkasblariga yuborishadi.

    “Polkovnik Redl” nomli filmda bosh qahramonni ijro etgan Klaus Mariya Brandauer
    Foto: Warspot

    Avstriyaliklar esa qayd etilgan manzillarni tekshirib ko‘rishga qaror qiladi. Parijga borishga hadlari sig‘maydi: Fransiya Rossiyaning ittifoqchisi va Antanta a’zosi edi. Jenevadagi ko‘rsatilgan manzilda esa taniqli razvedkachi Largye yashashi ma’lum bo‘ladi. Avstriya maxsus xizmatlari vaqti-vaqti bilan uning xizmatlaridan foydalanib turardi, u xizmatdan ketgach ham turli mamlakatlar va shubhali shaxslarga yordam ko‘rsatishda davom etgan.

    Vena janob Nikolas Nitsetas josus degan xulosaga keladi. Maxsus xizmatlar yangi maktub tayyorlab, o‘sha ism ostida Germaniyadan yuboradi. Pochtada kuzatuv o‘rnatiladi. Bir oydan keyin ham maktubni olgani hech kim kelmaydi. Ammo bu vaqtda yuqoridagi ismga yana ikkita xat keladi — haqiqiy. Maksimilian Ronge soxta pochtani olib qo‘yib, kuzatuvni davom ettirishni buyuradi.

    Kuzatuv jarayoni bunday ishlardi: agentlar pochta binosi qarshisidagi politsiya bo‘linmasida o‘tirar edi. Pochtadan idoraga elektr signalizatsiya tortiladi. Nitsetas kelishi bilan pochta xodimi tugmani bosadi va uni turli bahona bilan ushlab qolishga harakat qiladi.

    Bu vaqtda va nihoyat Venaga Redl keladi. U o‘z nomiga maktublar kelishini bilardi, ammo poytaxtga borish uchun arzirli bahona topolmasdi. 25-may kuni politsiya bo‘linmasida qo‘ng‘iroq ishga tushadi. Pochtadagi agentlar uni bazo‘r eshitib qoladi. Sirli maktub egasini tutib qola olishmaydi, ammo uni kimligini ko‘rishadi. O‘rta yoshdagi kelishgan erkak taksiga o‘tirib ketib qoladi. 1913-yilda shaharda avtomobil ko‘p emasdi, taksilar esa undan ham kam — pochta oldida esa bittasi turardi xolos. Izvoshda esa taksi ortidan quvib bo‘lmaydi. Agentlarning qiladigan yagona ishi yo‘lovchi va taksi raqamini eslab qolish edi.

    Agentlarning omadi chopadi: taksi tez orada joyiga qaytib keladi. Haydovchidan u yo‘lovchini “Klomzer” mehmonxonasiga olib borganini aniqlashadi. Agentlar mashinaga o‘tirib, ularni ham o‘sha manzilga olib borishini talab qiladi. Orqa o‘rindiqqa o‘tirgan xodimlardan biri qalamtarosh g‘ilofini topib oladi. Maktubni uzoq kutgan yo‘lovchi konvertni mashinaning ichida ochgan ko‘rinadi.

    “Polkovnik Redl” filmining posteri
    Foto: Warspot

    Mehmonxona xodimi “Bosh shtab polkovnigi Redl kelganini” ma’lum qiladi. Bunga ishonish qiyin edi. Agentlar xato o‘ylayotganlariga umid qila boshlashadi, ammo bu vaqt zinada polkovnikning o‘zi ko‘rinish beradi. O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan agentlardan biri uning yoniga borib, qalamtarosh g‘ilofini uzatadi: “Kechirasiz, buni siz tushirib qoldirmadingizmi?” deydi. Redl esa shoshgancha minnatdorchilik bildiradi.

    Ikki agent Redlni kuzatish uchun qoladi, uchinchisi esa rahbariyat oldiga yo‘l oladi. Yangilikdan xabar topgan Ronbe dong qotib, bir necha daqiqa tili aylanmay qoladi.

    Kun o‘rtalariga kelib Maksimilian Rongening kabinetida telefon jiringlaydi. Avstriya kassatsiya sudining bosh prokurori va Redlning eski qadrdoni Viktor Pollak hozirgina do‘sti bilan gaplashgani, u o‘z joniga qasd qilmoqchi ekani haqida aytadi. Prokuror Ronge Reldning eski do‘sti va o‘quvchisi sifatida unga yordam berishiga umid qilgandi. Ronge esa tezroq harakat qilinmasa, kech bo‘lishini anglab yetadi.

    Kechga qolmay mehmonxona atrofi o‘rab olinadi. Tarkibida harbiy tergovchi, Bosh shtab boshlig‘i fon Getsendorf, razvedka byurosi rahbari Avgusta Urbanskiy va agentura bo‘linmasi boshlig‘i Maksimilian Ronge bo‘lgan maxsus komissiya “Klomzer”ga yetib keladi. Bu vaqtda esa Redl o‘z bo‘ynini sirtmoqqa tutayotgan edi.

    O‘z joniga qasd qilish voqeasi komissiyani qanoatlantirardi: albatta, xalq gap-so‘z qiladi, ammo Redlning josus ekani oshkor bo‘ladigan darajada rezonans keltirib chiqarmaydi. Biroq avvaliga u bilan gaplashib olish kerak. Komissiya a’zolarining barchasi Redlni uzoq yillardan beri bilardi. Suhbat davomida u Pragadagi kvartirasidan o‘zining yashirin tomoniga oydinlik kiritadigan ma’lumotlar borligini aytadi xolos. Redl pistolet berishlarini so‘raydi. Eski do‘stlar esa rad etmaydi...

    25.05.2024, 20:01   Izoh (0)   17090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh fashistning o‘limi. Ma’shuqasi bilan qatl etilgan, jasadi 10 yil “joyini topa olmagan” Benito Mussolini taqdiri

    28.04.2024, 08:20

    “Xolokost arxitektori” — Adolf Eyxmanning Isroil razvedkasi tomonidan qo‘lga olinishi

    11.05.2024, 19:05

    Rossiya mudofaa vaziri Shoygu nima uchun lavozimdan olindi? Nega iqtisodchi uning o‘rnini egallamoqda? — asosiy savollarga javoblar

    14.05.2024, 20:25

    Isroil harbiylarining G‘azo shimolidagi maktabga hujumi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

    25.05.2024, 19:05

    Ruminiyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxs hibsga olindi

    25.05.2024, 18:23

    Turkiya xavfsizlik kuchlari Egey dengizida 72 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi

    25.05.2024, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.