Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 21-may kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Izoh (0)