• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Sisoku Embalo, Laos prezidenti Txonglun Sisulit va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ham kuzatdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ko‘plab tarixiy dalil va misollar O‘zbekiston xalqi buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shganini yaqqol tasdiqlaydi.

    Dahshatli urush boshlangan birinchi kunlardanoq yurtdoshlarimiz fashizmga qarshi mardona kurashga otlandi. O‘sha paytda respublikamiz aholisi 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig‘i yovuz dushman bilan yuzma-yuz bo‘lib qonli janglarda ishtirok etgan. Bu botir va dovyurak o‘g‘lonlarning 538 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ko‘prog‘i bedarak ketgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 ming nafardan ziyodi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgan.

    Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik ofitserlar orasidan o‘nlab generallar, mohir qo‘mondonlar yetishib chiqqan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston urush yillarida front ortidagi mustahkam taʼminot bazasiga aylandi. Yurtimizdan jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, palatka, parashyut va boshqa zarur mahsulotlar yuborilgan. Urush bo‘layotgan hududlardan O‘zbekistonga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilib, tezlik bilan ishga tushirilgan. O‘zbekiston aholisi 1941-43 yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘sha suronli yillarda xalqimiz gumanizm va insoniylik bobida o‘ziga xos tarixiy maktab yaratdi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan ko‘chirib keltirilgan, turli millatga mansub 1 million 500 mingga yaqin insonlar O‘zbekistondan panoh topdi. Ularning orasida 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi. Xalqimiz ularga mehr berdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi.

    Xalqimizning yuksak jasorati va bag‘rikengligini tasdiqlovchi ushbu tarixiy dalillar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ajdodlarimizning jasoratini abadiylashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Urush qatnashchilari va nogironlari har yili rag‘batlantirilmoqda. Toshkent shahrida ulkan G‘alaba bog‘i ochildi, shu kungacha u yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchilar tashrif buyurdi.

    Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun jonini fido qilgan turli millatlarga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi va jasorati ramzidir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentlar bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

    Marosim yakunida faxriy qorovul va orkestr tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

    09.05.2024, 17:01   Izoh (0)   10828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi

    08.05.2024, 23:20

    O‘zbekiston prezidenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi

    08.05.2024, 23:50

    Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    09.05.2024, 07:20

    O‘zbekiston ijtimoiy himoya, sug‘urta va ish bilan ta’minlash bo‘yicha Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi

    09.05.2024, 15:10

    Surxondaryoda “afg‘on shamoli”, Qashqadaryoda kuchli shamol kuzatildi

    09.05.2024, 14:43

    Oliy taʼlimda o‘qishga qabul va grant ajratish tizimi o‘zgarmoqda. Asosiy yangiliklar 

    09.05.2024, 14:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.