O‘zbekistonda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yengillik berilmoqda.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.
Unga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega bo‘lgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilishi va unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.
Muhokamalar jarayonida taʼkidlanganishicha, ushbu qonun raqobat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga, tovar va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitining taʼminlanishiga hamda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan choralar ko‘rilishida adolatning qaror topishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)