Jeremi Frimpong “Bayer”dagi jamoadoshlariga esdalik sovg‘alarini ulashdi.
Leverkuzen jamoasi 90 ochko jamg‘argan holda, birorta mag‘lubiyatga uchramasdan Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija sharafiga “Bayer” futbolchisi Frimpong jamoadoshlariga maxsus uzuklarni sovg‘a qildi.
Uzuklar klubning 120 yilligini ifodalovchi 120 ta oq olmos bilan bezatilgan. Har bir uzukdagi “Bayer” logotipi 42 tadan qimmatbaho tosh bilan o‘ralgan.
Biroz avval “Bayer” futbolchisi Florian Virts Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Leverkuzen jamoasini oldinda Yevropa Ligasi finalida “Atalanta”ga qarshi, Germaniya Kubogida “Kayzerslautern”ga qarshi bahslar kutib turibdi.
Izoh (0)