“O‘zgidromet” 8-may, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, ba’zi joylarda 38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-12 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)