Sotsialistik partiya va “Jamoatchilik joyi” partiyasining qo‘shma ro‘yxati yetakchisi Rafael Glyuksmanga Fransiya janubi-sharqidagi Sent-Etyen shahrida tuxum uloqtirildi. U Yevropa parlamenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygandi.
Bu haqda France Bleu radiosi ma’lum qildi.
Glyuksman 1-may — Ishchilar birdamlik kunini nishonlayotgan kasaba uyushmalarining umumiy kolonnasida Sent-Etyen ko‘chalari bo‘ylab yurishni rejalashtirgan. Biroq bir guruh agressiv talabalar undan kortejni tark etishni talab qilishdi.
Hujum natijasida siyosatchi mitingdagi ishtirokini erta tugatishga to‘g‘ri keldi.
Jurnalistlarga bergan izohida u hujum qilganlar orasida “Itoatsiz Fransiya” so‘l partiyasi va “Doimiy inqilob” partiyasi faollari borligini ta’kidladi.
Izoh (0)