AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Falastinning HAMAS guruhi Isroil rasmiylarining sulh va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish shartlari bo‘yicha taklifiga rozi bo‘lishiga umid bildirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Blinken bu haqda HAMAS delegatsiyasi Qohirada bo‘lgan muzokaralarda Misr va Qatar vositachilari bilan Isroil takliflari muhokamasidan keyin ma’lum qilgan.
HAMAS Isroildan aqlbovar qilmaydigan darajada saxovatli taklif oldi. Ayni damda g‘azoliklarni tinchlikka erishishdan ajratib turgan yagona to‘siq bu — HAMAS, — dedi Blinken Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi yig‘ilishida.
Blinken HAMAS to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonmoqda.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgan Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri ham kelishuvga umid bildirgan.
Taklifda har ikki tomonning pozitsiyasi inobatga olingan. Ikki tomonning qarorlariga ta’sir qiladigan omillar mavjud, ammo umid qilamanki, har bir kishi qo‘lidan kelgancha harakat qiladi, — deya qo‘shimcha qilgan Misr TIV rahbari.
Izoh (0)