Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 ming 544 ta yuridik shaxs tomonidan 2024-yil yanvar-mart oylarida 5,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shundan 629,5 mlrd so‘mi, yaʼni 10,6 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 10,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 192,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 253,9 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 154,9 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 82,4 mlrd so‘m;
- JSHODS - 78,9 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 40,4 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 15,1 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 3,9 mlrd so‘m.
Izoh (0)